Mazkur tadqiqot XXI asrda global iqtisodiyotda muhim o‘rin tutgan innovatsion rivojlanish modellarining taqqoslama tahlilini taqdim etadi. Maqolada AQSh, Yevropa Ittifoqi, Skandinaviya mamlakatlari, Janubiy Koreya, Singapur, Yaponiya va Germaniyaning innovatsion tizimlariga chuqur nazar tashlanadi. Beshta asosiy model ochiq innovatsiyalar, Triple Helix, klaster innovatsiyalar, davlat boshqaruvi va korporativ strategiyalar 2024-yil statistik ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, har bir model o‘ziga xos afzalliklarga ega bo‘lib, mamlakatlarning institutsional muhiti va iqtisodiy xususiyatlariga mos ravishda moslashtiriladi. Gibrid modellar va barqaror rivojlanish maqsadlarining integratsiyasi zamonaviy innovatsion strategiyalarning asosiy tendensiyalariga aylandi. O‘zbekiston uchun taqdim etilgan tavsiyalar milliy innovatsion ekotizimni rivojlantirish yo‘llarini belgilaydi.
Klaster strategiyalarini amalga oshirish va hududiy-innovatsion tarmoqlarni shakllantirish transmilliy o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va hududlararo tarmoq tuzilmalarini shakllantirishga imkon berdi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada innovatsion klasterlar salohiyatidan foydalanishning iqtisodiy mazmuni ochib berilgan.
O‘zbekiston iqtisodiyotining raqamli formatga o‘tishi va innovatsion strategiyalar afzalliklaridan foydalangan holda sanoat korxonalarini samarali rivojlantirish O‘zbekistonga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi darajasiga chiqish va global iqtisodiyotda texnologik yetakchilikni shakllantirishga imkon beradi.
Jahonda keyingi yillarda innovatsion salohiyatni, xususan, ilmiy-texnik, investitsion, intellektual, infratuzilmaviy va malakali ishchi kuchi salohiyatini oshirish, ulardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor berilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada milliy iqtisodiyotning innovatsion-investitsion salohiyatidan samarali foydalanish имкониятлари ochib berilgan va bu borada mualliflik yonlashuvlari ilgari surilgan.