Халқаро ва миллий стандартларда бевосита ва билвосита усулларда тузиш назарда тутилган “Пул оқимлари тўғрисида ҳисобот” турли ахборот чекловларидан холи эмас. Шунингдек, ушбу ҳисобот кўрсаткичлари маълумотларни пул маблағлари ва пулсиз операциялар ҳисоби учун мўлжалланган кўплаб счётлардан териб олиш йўли билан тўлғазилади. Ҳисоботдаги ахборот чекловлари ва унинг кўрсаткичларини юқоридаги тартибда тўлғазилиши, табиий равишда, инвесторлар, мулкдорлар, корхоналар раҳбарларини пул оқимлари тўғрисида реал ахборотлар билан таъминлашга, мос равишда, тўғри қарорларни қабул қилишларига тўлиқ кафолат бермайди. Айнан шу ҳолатнинг ҳозирги пайтда ҳар бир корхонада мавжудлиги эътиборга олинган ҳолда, мазкур мақолада “Пул оқимлари тўғрисида ҳисоботни шакл ва мазмунан янада такомиллаштириш, шунингдек уни ахборот бериш имкониятларини кенгайтириш йўллари тадқиқ қилинган.
Ushbu maqolada tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi operatsiyalari bilan bog'liq muammolar va ularni bartaraf etish yo'llarini o'rganishga bag'ishlangan. Banklar o'z moliyaviy portfelini diversifikatsiya qilish, risklarni boshqarish va qo'shimcha daromad olish maqsadida qimmatli qog'ozlar bozorida faoliyat yuritadilar. Biroq, bu jarayonda yuzaga keladigan qator muammolar mavjud: likvidlik yetishmovchiligi, bozor volatilligi, regulyatsion cheklovlar va axborot assimetriyasi kabi omillar bank operatsiyalarining samaradorligini pasaytirishi mumkin. Ushbu muammolarni hal etish uchun zamonaviy risklarni boshqarish usullari, regulyatorlar tomonidan qabul qilingan yangi qoidalar, bozor sharoitlariga moslashish va texnologik yangiliklardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi global moliyaviy bozorlarning o'zgaruvchanligi sharoitida banklarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalalarining muhimligidan kelib chiqadi.
Nogironlarning muammolari va manfaatlariga e’tibor zamonaviy dunyoda turli davlatlarning ijtimoiy va iqtisodiy siyosatining muhim qismiga aylandi. Ushbu tadqiqotning maqsadi inklyuziv turizm konsepsiyasini va uning infratuzilma, xizmatlar va mahsulotlarga kirishda ko’plab to’siqlarga duch keladigan nogironlar uchun potensial afzalliklarini o’rganishdir. Inklyuziv turizm nogironlarning hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy-psixologik moslashuvi va reabilitatsiyasiga yordam beradi. Turizmning bu turi barcha odamlar uchun hech qanday cheklovlarsiz turistik xizmatlar va mahsulotlarga kirishni o’z ichiga oladi. Bu vizual, eshitish, kognitiv va harakatlanish jihatlaridan qulay muhit orqali ta’minlanadi. Maqolada nogironlarga turistik xizmatlarni taqdim etish bilan bog’liq tashkiliy masalalar ko’rib chiqiladi. Qulay muhit mezonlari nogironlar uchun yo’nalishlarning qulayligi, xavfsizligi, qulayligi va axborot yetarliligini hisobga olishi kerak.