• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
КОРХОНАНИНГ ИҚТИСОДИЙ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА АХБОРОТ КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ ЎРНИ ВА САМАРАДОРЛИГИ
Бекзод Халилов

Ушбу мақолада корхоналарнинг иқтисодий хавфсизлигини таъминлашда ахборот-коммуникация технологияларининг (АКТ) аҳамияти ва улардан самарали фойдаланиш механизмлари таҳлил қилинади. Иқтисодий хавфсизликни шакллантирувчи асосий таркибий қисмлар ичида ахборот хавфсизлиги компонент сифатида алоҳида ўрин тутади. Мақолада корхонанинг ахборот муҳитини ҳимоя қилиш, ташқи ва ички таҳдидларга қарши курашиш, ахборот оқимини бошқариш, ҳамда ҳуқуқий, ташкилий ва дастурий-техник чора-тадбирларни жорий этиш орқали хавфсизликни таъминлаш масалалари ёритилади. Шунингдек, замонавий АКТ воситаларининг турлари, уларнинг функционал имкониятлари ва жорий этишда юзага келиши мумкин бўлган муаммоларга ҳам алоҳида эътибор қаратилган. Таҳлиллар асосида корхоналарга мослашувчан бошқарув тизимлари, ахборот хавфсизлигини таъминлаш стратегиялари ва рақобатбардошликни оширишга қаратилган тавсиялар берилган.

05/30/2025
  • PDF
326-333 52 36
ALOQA KORXONALARIDA XIZMAT KO‘RSATISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA KADRLAR SIYOSATI
Sanjar Ibadullayev

Maqolada aloqa korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish uchun innovatsion texnologiyalar va kadrlar siyosatiga oid tahlillar berilgan. Zamonaviy raqobatbardosh bozorda 5G, IoT, sun’iy intellekt va bulutli servislar kabi ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Bu texnologiyalar mijozlar bilan muomala jarayonlarini avtomatlashtirish, tezkor ma’lumot almashinuvini ta’minlash hamda xavfsizlikni oshirish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, yuqori malaka va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega xodimlarni jalb qilish orqali xizmat sifatini yaxshilashga erishiladi.
Maqolada, shuningdek, 5G tarmoqlarini barpo qilish, IoT orqali qurilmalarni monitoring qilish, sun’iy intellekt orqali xizmat jarayonlarini optimallashtirish va bulutli texnologiyalar orqali ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu choralar orqali aloqa korxonalari mijozlar uchun yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlab, bozorda o‘z raqobatbardoshligini mustahkamlay olishi to‘g‘risida takliflar bildirilgan.

10/31/2024
  • PDF
65-72 84 67
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA XIZMATLARIDAN FOYDALANISH
Shahboz Rajaboyev , Pokiza Xamidova

Mazkur maqola axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlaridan foydalanishning o‘sishini, uning iqtisodiyotning turli sohalariga ta’sirini va keltirib chiqaradigan yangi imkoniyatlar va muammolarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda AKT xizmatlaridan foydalanishning samaradorligi va iqtisodiy o‘sishga ta’siri, shuningdek, iqtisodiy tengsizlik va kiberxavfsizlik kabi muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi.

01/31/2025
  • PDF
120-124 127 48
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI
Muhiddin Po‘latov , Murod Nizomov

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, shu qatorda davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

12/27/2024
  • PDF
147-151 100 46
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ELEKTR ENERGIYA KOMPANIYASI BOSHQARUV JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Nozimjon To‘ychiboyev

Ilmiy maqolada axborot tizimini joriy etish jarayonlarida yuzaga keladigan ba’zi muammolar, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning ”O‘zbekenergo” DAKga qo‘llash texnologiyasi, AKTning an’anaviy tuzilishi, raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, istiqboldagi AKT bo‘limlarining tarkibiy tuzilishi hamda korporativ axborot tizimlarining joriy etilishi va ishlashi, ushbu tizimlarni tashkil etishdagi bir qator kamchiliklar, raqamlashtirish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shu sohadagi butun jahon hamjamiyati tamoyillari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

04/30/2025
  • PDF
222-229 100 42
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA STRATEGIK BOSHQARUVNI TAHLIL QILISH BO‘YICHA METODOLIK YONDАSHUVLARNI TADQIQ ETISH
Jamoliddin Jalolov

Ushbu maqola tashkilotlarni dinamik o'zgaruvchan muhitga moslashtirish
uchun samarali strategik boshqaruv muhimligini ta'kidlaydi. Maqola mavjud uslubiy
yondashuvlarni tizimlashtirish, ularning samaradorligini baholash, xavf va imkoniyatlarni
aniqlash, shuningdek, boshqaruv tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish yo'nalishlarini
aniqlashga qaratilgan. Nazariy tahlil orqali muallif boshqaruv jarayonlari samaradorligi uchun
uslubiy xilma-xillikning ahamiyatini har tomonlama tushunishni maqsad qilgan

02/29/2024
  • PDF (Russian)
355-361 120 76
ЗАМОНАВИЙ АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ ЖОРИЙ ЭТИШ ОРҚАЛИ СОЛИҚ ОРГАНЛАР БАЗАСИНИ КЕНГАЙТИРИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ
Ҳикматулло Насруллоев

Мақолада рақамли иқтисодиёт шароитида хорижда ва мамлакатимизда солиқ органлар базасини кенгайтириш ахборотлашган жамиятга киришнинг ўзига хос хусусиятлари таҳлили, ахборот-коммуникациялар бозори иштирокчиларининг ташкилий-функционал алоқалари келтирилган.

06/27/2023
  • PDF
209-214 51 38
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA STATISTIK MASALALARNI YECHISHNI TASHKIL QILISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Ayubxon Radjiev

Mazkur maqolada statistik faoliyatni tashkil qilishdagi muammolar, unga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish yo‘llari, tuman statistika bo‘limi faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.

11/30/2023
  • PDF
123-130 166 73
МАМЛАКАТИМИЗДА СОЛИҚ ОРГАНЛАР БАЗАСИНИ КЕНГАЙТИРИШДА ЗАМОНАВИЙ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ ЖОРИЙ ЭТИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ
Ҳикматулло Насруллоев

Мақолада мамлакатимизда солиқ органлар базасини кенгайтиришда замонавий ахборот технологияларини жорий этиш истиқболлари ўрганилиб, мавзу доирасида иқтисодчи олимларнинг тадқиқотлари ўрганилган. Шунингдек, ахборот-коммуникациялар бозори иштирокчиларининг ташкилий-функционал алоқалари келтирилган ва хулосалар шакллантирилган.

10/31/2023
  • PDF
169-176 64 62
SUN’IY INTELLEKTNING BAZAVIY ASOSLARI
Fazilat Jomonqulova

Ushbu maqolada intellektual axborot texnologiyalar – informatikaning kelajagi porloq va tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ilmiy va amaliy sohalardan biri ekanligiga alohida e’tibor qaratilgan. Sun’iy intellektning bazaviy asoslari bilimlarga tayanishi, tabiiy tillarda muloqotni tashkil etish, matnni tushunish, mantiqiy xulosa chiqarish, yechimlarni asoslash va tushuntirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

12/27/2024
  • PDF
80-85 66 32
ТУРИЗМ ИНФРАТУЗИЛМАСИ ВА УНИНГ ИҚТИСОДИЙ РИВОЖЛАНИШДАГИ РОЛИ
Аҳмаджон Таниев

Ушбу мақолада туризм инфратузилмаси ва унинг иқтисодий ривожланишдаги роли таҳлил қилинади. Туризм соҳасидаги инфратузилма таркибий қисмлари, уларнинг иқтисодий аҳамияти ва ривожланиш стратегиялари кўриб чиқилган. Асосий эътибор транспорт, меҳмонхона инфратузилмаси, туристик агентликлар, ахборот-коммуникация технологиялари ва туристик ёрдамчи инфратузилмаларнинг аҳамиятига қаратилган. Ушбу соҳалардаги 2023 йилда Ўзбекистонда эришилган натижалар ва уларнинг иқтисодий таъсири таҳлил қилинган.

11/29/2024
  • PDF
597-605 71 36
"HUDUDGAZTAʼMINOT" AJ KORXONALARINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA QILISH XUSUSIYATLARI
Qaxramon Xusanov

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning bugungi kundagi dolzarbligi, iqtisodiy sohalarning raqamlashtirilishi yoritilgan. Bundan tashqari muallif tomonidan xizmat koʻrsatish sohasida “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatini virtual xizmatlarni joriy etish istiqbollari hamda axborot texnologiyalarini joriy etilishi oʻrganilgan

03/30/2024
  • PDF (Russian)
467-473 75 73
INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA AHOLI ISH BILAN BANDLIGINING YANGI SHAKLLARI VA TURLARINI TASHKIL ETISH
Gulandom Umаrоvа

Mazkur maqolada innovatsiyalarni iqtisodiyotda qoʻllashning xorij va oʻzbek olimlari talqinlari tahlil qilingan. Innovatsion iqtisodiyot xususiyatlari, davlatlar milliy iqtisodiyotining innovatsionlik darajasini aniqlash koʻrsatkichlari, innovatsiyalar, iqtisodiy oʻsish va bandlik oʻrtasida yuqori darajadagi izchil bogʻlanish yoritilgan. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi bilan bogʻliq ish bilan bandlikning innovatsion shakllari kengayishi jumladan, Ye-bandlikning rivojlanishi, virtual ish joylari, frilansing kabi bandlik turlari haqida maʼlumotlar berilgan. Anʼanaviy va virtual ish joylarining xususiyatlari aniqlanib, qiyosiy tahlil qilingan.

08/30/2024
  • PDF
163-169 287 53
TELEKOMMUNIKATSIYA KORXONALARIDA INNOVATSION XIZMATLAR SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI
Muazzamxon Shaislamova

Maqolada telekommunikatsiya korxonalarida xizmat ko‘rsatish jarayonlariga innovatsion faoliyatni joriy etishning ilmiy-uslubiy asoslari ochib berilgan. Globallashuv, raqamli transformatsiya va “Sanoat 4.0” sharoitida mobil qurilmalar, sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlari, internet-provayder infratuzilmalari hamda 5G texnologiyalariga xizmat ko‘rsatishda innovatsion yondashuvlarning raqobatni kuchaytirishi, xizmat sifati, moslashuvchanlik va energiya tejamkorligini oshirishi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda raqamli infratuzilmaning kengayishi, 5G qamrov hududlarining ortishi va milliy operatorlar faoliyatida innovatsion platformalardan foydalanish tendensiyalari yoritilgan. Nazariy jihatdan Shumpeterning “ijodiy buzilish”, Rogersning “innovatsiyalar diffuziyasi”, Service-Dominant Logic hamda institutsional yondashuvlar asosida innovatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy samarasi izohlangan.

10/31/2025
  • PDF
190-195 32 38
GLOBALLASHUV SHAROITIDA IT-SEKTORNING MILLIY IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDAGI TA’SIRI
Abdurashid Qodirov , Aliya Axmediyeva , Baxtiyor Ma’murov

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida IT-sektorning milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishdagi roli tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish va inson kapitali rivojlanishida asosiy omil sifatida qaraladi. Jahon IT bozoridagi zamonaviy tendensiyalar tahlil qilinib, O‘zbekiston Respublikasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, xususan, Toshkentdagi IT-Park faoliyati misolida yoritilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar tuzilishi, eksport hajmi va bandlik bo‘yicha statistik ma’lumotlar keltirilgan. Davlat qo‘llab-quvvatlashi, ta’limga investitsiyalar va IT-mutaxassislarni tayyorlash muhimligi ta’kidlangan. Yakuniy qismida IT-sektorni “bilimlar iqtisodiyoti”ni shakllantirish va global raqamli maydonga integratsiyalash uchun strategik yo‘nalishlar tavsiya etilgan. Ushbu maqola “Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida xizmatlar savdosini liberallashtirish istiqbollari va muammolarini o‘rganish, shuningdek, uning hajmini oshirish va bu maqsadga erishish mexanizmlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish” nomli ilmiy tadqiqot doirasida bajarilgan.

05/30/2025
  • PDF (Russian)
162-170 74 40
KICHIK BIZNESNI YURITISHDA RAQAMLI PLATFORMALARDAN FOYDALANISHDA VUJUDGA KELADIGAN XATARLAR
Muxiddin Primov , Nilufar Rizayeva

Maqolada raqamli platformalardan foydalanishda yuzaga keladigan xatarlar va ularning iqtisodiyot, xavfsizlik hamda ijtimoiy hayotga ta’siri yoritilgan. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qanday farq qilishi, uning statistik jihatdan baholanishidagi muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli platformalarda yuzaga keladigan xavflar – ijtimoiy muhit xatarlaridan tortib, moliyaviy firibgarliklar, kiberjinoyatlar, psixologik salbiy ta’sirlar va algoritmik manipulyatsiyalargacha batafsil ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston sharoitida elektron tijoratni rivojlantirish uchun zarur chora-tadbirlar, mavjud to‘siqlar va xalqaro tajriba asosida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Internetdagi keng tarqalgan firibgarlik turlari va ularning real hayotdagi misollari orqali foydalanuvchilarni ogohlikka chaqirish asosiy e’tiborda turadi.

04/30/2025
  • PDF
196-201 61 66
O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INFRATUZILMALAR HOLATI
Sevara Azimxonova

Mazkur maqola O‘zbekistonda turizm sohasining bugungi holatini, infratuzilma obyektlarining rivojlanganlik darajasini va ularning turizm rivojlanishiga taʼsirini tahlil qiladi. Maqolada shuningdek, transport tizimi, mehmonxona xizmatlari, axborot–kommunikatsiya texnologiyalari, jamoat xavfsizligi kabi infratuzilma elementlarining turizmning rivojlanishidagi roli va ularning oʻzaro bogʻliqligi koʻrib chiqiladi. Shuningdek, infratuzilmani yaxshilash orqali turizm sohasida erishish mumkin bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar va yechimini kutayotgan muammolar yoritiladi.

03/28/2025
  • PDF
80-88 97 50
ТЎҒРИ СОЛИҚЛАР БЎЙИЧА ТУШУМЛАРНИ ЎРТА МУДДАТЛИ ПРОГНОЗЛАШТИРИШ МЕТОДЛАРИ ВА СОЛИҚЛАРНИ УНДИРИШ АМАЛИЁТИ ТАҲЛИЛИ
Рамшид Хўжақулов

Мақолада давлат бюджетини шакллантиришда солиқларнинг ўрни, солиққа тортишда тўғри ва эгри солиқларнинг нисбатини аниқлаш муаммосига доир назарий ёндашувлар кўриб чиқилган. Уларнинг оптимал нисбатини аниқлаш мақсадида қиёсий таҳлил қилинган. Шу билан бирга, иқтисодиётда яширин айланма савдо ва умумий овқатланиш, автотранспортда ташиш, уй-жой қурилиши ва таъмирлаш, тураржой хизматларини кўрсатиш каби соҳалар ўрганилиб, хориж тажрибаси, мамлакатимизда уни қўллаш бўйича илмий-амалий хулоса ва таклифлар шакллантирилган.

02/27/2025
  • PDF
377-387 54 34
РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТ ВА ЁШЛАР МЕҲНАТ БОЗОРИДАГИ ТАЛАБЛАР
Муҳаббат Асқарова

Мақолада ҳозирги ривожланаётган рақамли иқтисодиёт шароитида меҳнат бозорида ёшларнинг меҳнатига бўлган талаблар ўрганилиб таҳлил қилинган. Минтақавий ва халқаро меҳнат бозоридаги ёшларга таклиф қилинаётган янги касбларни эгаллашдаги кўникмалари ўрганилган ва илмий таклифлар шакллантирилган

10/31/2024
  • PDF
304-309 80 48
SOLIQ TIZIMIDA ELEKTRON HUJJAT AYLANISHINING SOLIQ MA’MURCHILIGIGA TA’SIRI
Nodir Muxammadov

O‘zbekiston soliq tizimining asosiy ishtirokchilari soliqchilar va soliq to‘lovchilar sifatida qarash muhim hisoblanib, soliq tizimidagi soliqchilarning huquq va majburiyatlari, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish.

10/31/2024
  • PDF
141-149 101 57
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARINI SOLIQQA TORTISHNING ILMIY-NAZARIY MASALALAR
Jamshid Pardayev

Mazkur maqolada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish korxonalarini soliqqa
tortishning ilmiy-nazariy masalalari, alohida yondashuvlar asosida xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash hamda ularga qulay soliq rejimini joriy etish” bugungi kundagi dolzarb masalalar sifatida belgilab olinganki, bu esa xizmat ko‘rsatish korxonalariga qulay soliq rejimlarini qo‘llash va uning
natijadorligiga erishishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bilan birgalikda tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga chiqarish, aholining soliq ma’murchiligi bo‘yicha savodxonligini yanada oshirish, tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash, teng raqobat sharoitini yaratish va iste’molchilarning huquqlarini kafolatlash hamda yashirin iqtisodiyotni jilovlashda keng jamoatchilikning faol ishtirokini rag‘batlantirishga
asoslangan ma’murchilikni takomillashtirish yoritilgan. Shu bilan birga, sohalar o‘rganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.

06/30/2024
  • PDF
134-141 107 56
RAQAMLI INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA FOYDA SOLIGʻI BOʻYICHA SOLIQ MAʼMURIYATCHILIGINING XUSUSIYATLARI
Davronbek Babajanov

Mazkur maqola foyda soligʻi bilan bogʻliq soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirishga bagʻishlangan. Foyda soligʻi davlat uchun muhim daromad manbai boʻlib, samarali soliq maʼmuriyatchiligi byudjet daromadlarini samarali yigʻish va soliq toʻlovchilar tomonidan rioya etilishini taʼminlash uchun juda muhimdir. Ushbu tahlil jarayonni soddalashtirish, soliq toʻlashdan boʻyin tovlash holatlarini kamaytirish va tadbirkorlik subʼektlari uchun yanada qulay muhit yaratish maqsadida takomillashtirilishi mumkin boʻlgan soliq maʼmuriyatchiligining turli jihatlarini oʻrganadi. Tahlil turli mamlakatlardagi tegishli adabiyotlar, tadqiqotlar va tajribalarni koʻrib chiqishni oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, iqtisodiyotda yashirin aylanma savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-joy qurilishi va taʼmirlash, turarjoy xizmatlarini koʻrsatish kabi sohalar oʻrganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qoʻllash boʻyicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.

06/30/2024
  • PDF
33-41 110 49
RAQAMLI IQTISODIYOT, RAQAMLI TRANFORMATSIYA HAQIDA NAZARIY QARASHLAR
Ulugbek Xusanov

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning bugungi kundagi dolzarbligi, iqtisodiy sohalarning raqamli transformatsiyalashtirilishi yoritilgan. Shunday qilib, ushbu maqola raqamlashtirish boʻyicha tadqiqotlarning nisbatan yangi rivojlanayotgan sohasini oʻrganadi.

04/30/2024
  • PDF (Russian)
617-622 229 85
СОЛИҚ МАЪМУРЧИЛИГИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ АСОСИЙ МУАММОЛАРИ ВА НОМУТАНОСИБЛИКЛАРИ
Ботир Мукимов

Мазкур мақолада мамлакатда солиқ соҳаларида тадбиркорлик фаолиятини юритиш учун қулай шарт-шароитлар яратиш, бизнес доираларнинг ишончини янада мустаҳкамлашга қаратилган кенг кўламли ислоҳотлар ёритилган. Бундан ташқари, Ўзбекистон иқтисодиёти ўсиб бораётган, ички ва хорижий инвестицияларни жалб этиш истагида бўлган мамлакат сифатида солиқ тизимини ислоҳ қилиш муҳимлигини эътироф этди. Шу билан бирга, Ўзбекистон солиқ тизимида амалга оширилаётган айрим муҳим ислоҳотлар ўрганилиб, хориж тажрибаси, мамлакатимизда уни қўллаш бўйича илмий-амалий хулоса ва таклифлар ишлаб чиқилган.

04/30/2024
  • PDF
412-421 87 73
СОЛИҚ ТЎЛАШДАН ҚОЧИШНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА ЗАМОНАВИЙ ФИСКАЛ НАЗОРАТИДАН ФОЙДАЛАНИШ ЙЎЛЛАРИ
Орифжон Файзиев

Мазкур мақолада, солиқ маъмуриятчилиги жараёнига замонавий ахборот‐коммуникaция технологиялари ва илғор автоматлаштирилган таҳлил услубларини кенг жорий этиш солиқ тўловчиларга солиқ мажбуриятларини бажаришда ҳар томонлама кўмаклашиш ҳамда солиққа оид ҳуқуқбузарликлар профилактикасининг таъсирчан механизмларини ишлаб чиқиш ва солиқ назоратини амалга оширишнинг замонавий услубларини жорий этиш, асосийси, иқтисодиётда хуфиёна фаолиятни қисқартириш, шаффофлик даражасини оширишга хизмат қилмоқда. Мазкур йўналишда солиқ органларини фаолиятини такомиллаштириш ва уларни самарадорлигини баҳолаш йўллари бўйича тадқиқотлар олиб борилган бўлиб, тадқиқот доирасида хулоса ва таклифлар шакллантирилган.

07/31/2023
  • PDF
280-286 77 96
1 - 25 from 30 1 2 > >> 

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer