Zamonaviy global iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa faoliyat yo‘nalishlariga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish barqaror va dinamik rivojlanishni ta’minlash uchun muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatning ijtimoiy va davlat hayotidagi barcha jabhalarining tezkor o‘zgarishi olib borilayotgan islohotlarni eng so‘nggi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologik yechimlarga asoslangan holda tizimli qo‘llab-quvvatlashni talab qilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar O‘zbekistonni raqamlashtirish va bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish jarayonida jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga olib chiqishga qaratilgan sifatli o‘tishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Ushbu mavzuning yuqori dolzarbligi xalqaro tajribani O‘zbekistonning milliy sharoitlariga moslashtirish va samarali innovatsion ekotizimni shakllantirish zaruratidan kelib chiqadi. Mazkur tadqiqotda iqtisodiy jihatdan rivojlangan va dinamik rivojlanayotgan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning turli yondashuvlari tahlil qilinadi. Ushbu tahlilga asoslanib va O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti hamda hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hisobga olgan holda, mualliflar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Taklif qilingan yo‘nalishlar mamlakatning global miqyosdagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga qaratilgan.
Ushbumaqolada xizmat ko‘rsatish sohasining asosiy ko‘rsatkichlari va rivojlanishistiqbollari o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, xizmatlar sohasining milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni, ahamiyati, uning YaIM dagi ulushi va asosiy ko‘rsatkichlari statistik tahlil qilingan.
Ushbu maqolada turistik biznes taraqqiyoti va uni respublikada raqobatbardoshlikka mos rivojlantirish yo‘llarini takomillashtirish iqtisodiyotning muhim vazifalaridan biri sifatida shakllanib borayotganligiga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu soha nafaqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, balki aholining turmush darajasini yuksaltirish, bandlikni oshirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu maqolamizda global va mahalliy iqtisodiy oʻsish, inflyatsiya, ish bilan taʼminlanish, investitsiyalar va boshqa makroiqtisodiy oʻzgarishlar tahlil qilinib, maqola iqtisodchilar tomonidan amalga oshirilgan prognozlar va tahlillarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, iqtisodiy siyosat, jahon savdosi va texnologik yangiliklarning iqtisodiy rivojlanishga qanday taʼsir koʻrsatishi kutilayotganligi ham koʻrib chiqildi. Maqolada iqtisodiy tahlil va global inqirozlar, barqaror oʻsish strategiyalari, ish oʻrinlarini yaratish va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash yoʻllari haqida fikrlar keltirilib oʻtildi. 2025-yil uchun makroiqtisodiy prognozlar davlatlararo hamkorlik, global iqtisodiyotning yangilanishi va yangi texnologiyalarning iqtisodiy taʼsiri haqida soʻz boradi. Bazis yildagi koʻrsatkichlarga nisbatan joriy yilgi koʻrsatkichlar tahlili koʻrilib chiqildi.
O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni kasbga yo‘naltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xotin-qizlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini yaxshilash gender tengsizligiga barham berishda muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada xotin-qizlar bandligini ta’minlashda kasbiy tayyorgarlik tizimi masalalariga e’tibor qaratilgan