Mazkur maqolada Navoiy viloyatida ekoturizm infratuzilmasini rivojlantirishning hududiy muammolari, mavjud tabiiy-rekreatsion salohiyatdan foydalanish darajasi hamda ekoturizm xizmatlarini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy-iqtisodiy masalalar tahlil qilingan. Hududda transport, muhandislik-kommunikatsiya va servis infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi ekoturizm faoliyatining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani asoslab berilgan. Shuningdek, ekoturizm obyektlaridan samarali foydalanish, hududiy turizm klasterlarini shakllantirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda zamonaviy infratuzilma tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari hududlarda barqaror turizmni rivojlantirish va aholi bandligini oshirishga xizmat qiladi.
Turistik qishloqlar madaniy, ekologik va agroturizm elementlarini o‘zida mujassam etgan hududiy rivojlanishning o‘ziga xos shaklidir. Tadqiqotning maqsadi turistik qishloqlar shakllanishining nazariy asoslarini, tuzilishini, jahon tajribasini o‘rganish va ularning O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollarini baholash uchun ekonometrik tahlilni amalga oshirishdan iborat. 2015–2023 yillar uchun foydalanilgan maʼlumotlar Stat.uz tomonidan taqdim etilgan.