• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIGINI TA’MINLASH VA KADRLAR SIYOSATINI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY ASOSLAR
Aktam Xolov , Feruzabonu Abdurakhmonova

Mazkur maqolada O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash va kadrlar siyosatini tartibga soluvchi normativ–huquqiy asoslar tahlil qilinadi.Tadqiqotda xalqaro standartlar, milliy qonunchilik, davlat fuqarolik xizmati islohotlari, gender–huquqiy ekspertiza, gender auditi, kadrlar zaxirasi va rahbarlik lavozimlarida teng imkoniyatlarni ta’minlash masalalari kompleks o‘rganildi hamda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–562–son, O‘RQ–561–son, O‘RQ–788–son Qonunlari, 2030–yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19-iyun 2025-yildagi PF–95–son Farmoni hamda Jahon bankining “Women, Business and the Law 2024” va “Uzbekistan Country Gender Assessment” hisobotlari asosida gender tenglikning davlat boshqaruvi va kadrlar siyosatidagi amaliy ahamiyati ochib berildi, shuningdek, John Rawls, Max Weber, Amartya Sen, Martha Nussbaum, Anne Phillips va Sylvia Walby qarashlari, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va Kanada tajribasi tahlil qilindi, natijada gender tenglikni faqat huquqiy kafolatlar darajasida emas, balki ochiq tanlov, meritokratiya, natijadorlik, rahbar kadrlar zaxirasi, xavfsiz mehnat muhiti va institutsional monitoring bilan bog‘liq boshqaruv mexanizmi sifatida rivojlantirish zarurligi asoslandi.

06/30/2026
  • PDF
131-141 34 27
O'ZBEKISTON BANKLARIDA GENDER BOSHQARUVI: HOLATI, MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Liliya Memesheva

Qonunchilik, farmonlar va Respublikaning 2030-yilgacha bo'lgan strategiyasida mustahkamlangan gender tengligini oshirish O'zbekiston Respublikasi hukumati oldida turgan dolzarb va muhim vazifalardan biridir. Ushbu maqolada O'zbekistondagi tijorat banklarining yuqori boshqaruv darajalarida gender xilma-xilligi holati kuzatiladi va tahlil qilinadi hamda uni takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar beriladi.

05/25/2026
  • PDF (Russian)
302-310 119 59
GENDER ADOLAT INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL OMILI SIFATIDA
Sabina Xolbayeva

Tadqiqot xotin-qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish va O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishidagi gender tengligining roliga bag‘ishlangan. Ayollarning inson kapitalini samarali amalga oshirish nafaqat ta’limda tenglikni, balki ish bilan ta’minlash, bolalarni parvarish qilish infratuzilmasini o‘z ichiga olgan institutsional yordamni ham talab qilishi ko‘rsatilgan. Gender adolati ham ijtimoiy siyosatning maqsadi, ham iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish vositasi bo‘lishi kerak.

03/31/2026
  • PDF (Russian)
284-296 77 48
ЯНГИ ЎЗБEКИСТОНДА ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ
Мадина Нуманова

Инсон капитали, инсон ҳуқуқлари, гендер тенглиги ва барқарор ривожланиш бугунги кунда долзарб бўлган ўзаро боғлиқ масалалар занжиридир. Гендер тенглиги ўз-ўзидан муҳим бўлиб, у аёлларнинг жамият тараққиётидаги ўрни ва инсон салоҳиятининг меҳнат унумдорлигига кучли таъсирида ҳам намоён бўлади. Мазкур мақолада гендер тенглигини таъминлаш,аёллар меҳнат бозорини такомиллаштириш, хотин-қизларнинг ижтимоий-сиёсий фаоллигини ошириш сиёсатини давом эттириш билан боғлиқ масалалар таҳлил қилиниб, ушбу таҳлиллар асосида хулоса ва таклифлар шакллантирилган.

07/31/2023
  • PDF
244-250 189 122
O‘ZBEKISTONDA ERKAKLAR VA AYOLLARNING YOSHGA DOIR PENSIYAGA CHIQISHIDA TENGLIK PRINSIPINI TA’MINLASH MASALALARI
Bobur Xonturayev

Ushbu maqolada muallif tomonidan erkaklar va ayollarning yoshga doir pensiyaga chiqishida tenglik prinsipini ta’minlash masalasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot amalga oshirildi. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, xorijiy mamlakatlarning tajribalari, jamoatchilik fikri va ekspert so‘rovlari asosida erkaklar va ayollar uchun pensiya yoshini tenglashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fuqarolarning fikrini aniqlash, shuningdek, O‘zbekiston taraqqiyotining zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida, fuqarolarning fikriga ko‘ra, pensiyaga chiqish uchun eng maqbul bo‘lgan yosh senzini belgilash tahlil asosida baholab chiqildi.

09/30/2024
  • PDF
217-223 188 51
MAMLAKATDA INVESTITSIYAVIY MUHIT JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO REYTING VA INDEKSLARNING O‘RNI
Foziljon Rustamov

Ushbu tadqiqot O'zbekistonga xorijiydan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar
oqimiga Inson taraqqiyoti indeksi, ayollar, biznes va qonun indekslari, shuningdek, biznesni osonlashtirish indeksi va import darajasi bilan bog'liqlikni o'rganishni o’z ichiga qamrab oladi. OLS regresiyasi, korrelyatsiya tahlili, kointegratsiya testlari va boshqa iqtisodiy-analitik usullardan foydalanib, 2005-2019 yillar davridagi vaqt seriyasi ma'lumotlar asosida ushbu tahlil,
ko'rsatkichlarning to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimiga ta'sirini aniqlaydi. Tahlil natijalari inson taraqqiyoti indeksi, ayollar indeksi, biznes va qonun indeksi va import darajasi o'zgarishlari O'zbekistonga xorijiy investitsiyalar oqimiga ijobiy bog'liqlikni ko'rsatdi. Bu inson rivojlanishi, jinsning tengligi, biznes muhitining qulaylashishi va import siyosatining yaxshilanishida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ahamiyatini ko'rsatdi.

06/30/2024
  • PDF
158-167 205 108
O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA MICE TURIZMINING ROLI
Nargizaxon Ubaydullayeva

Ushbu maqolada MICE (uchrashuv, rag‘batlantirish, konferensiya, koʻrgazma yoki tadbirlar) turizmining rivojlanishi tahlil qilinadi. MICE turizmi jahon turizm industriyasining eng dinamik yoʻnalishlaridan biriga aylanib, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xalqaro hamkorlik va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga bevosita hissa qoʻshmoqda. Turizm sektori jadal rivojlanayotgan Oʻzbekiston sharoitida inklyuzivlik tamoyillarining MICE turizmiga integratsiyalashuvi ham strategik zarurat, ham innovatsion yondashuvni ifodalaydi. Inklyuzivlik jinsi, yoshi, jismoniy qobiliyati yoki mintaqaviy kelib chiqishidan qatʼi nazar, barcha ijtimoiy guruhlar uchun teng foydalanish va ishtirok etishni taʼminlash sifatida tushuniladi. Bu toʻsiqlarsiz infratuzilmani yaratish, konferensiya va koʻrgazmalar oʻtkazish uchun qulay imkoniyatlar yaratish, surdo-tarjimondan foydalanish, gender tengligi va yoshlarni jalb etishni ragʻbatlantirishni nazarda tutadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra MICE turizmidagi inklyuzivlik nafaqat ishtirokni kengaytiradi va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlaydi, balki Oʻzbekiston turizm bozorining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini oshiradi.

11/28/2025
  • PDF (English)
212-217 189 89
O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA IMKONIYATLARI
Dilnoza To‘laganova

Mazkur tadqiqot O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligining rivojlanish jarayonlari, mavjud institutsional muhit hamda ushbu faoliyatni kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ayollar tadbirkorligining iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni, ularning mehnat bozoridagi faolligi hamda moliyaviy va institutsional resurslardan foydalanish imkoniyatlari chuqur o‘rganilgan. Xususan, xalqaro tashkilotlar, jumladan Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan “Ayollar, biznes va huquq” indeksi hamda milliy statistik ma’lumotlar asosida mamlakatda ayollar uchun yaratilgan iqtisodiy va huquqiy sharoitlar tahlil qilinadi.

04/30/2026
  • PDF
271-276 79 36
ЎЗБЕКИСТОНДА ХИЗМАТЛАР СОҲАСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОРҚАЛИ АҲОЛИ БАНДЛИГИНИ ОШИРИШ ИМКОНИЯТЛАРИ
Соҳибжон Тўрабеков

Мазкур мақолада Ўзбекистонда хизматлар соҳасининг иқтисодиётдаги аҳамияти, унинг ЯИМдаги улуши ва меҳнат бозорига таъсири атрофлича таҳлил қилинган. Хизматлар соҳаси орқали янги иш ўринлари яратиш, гендер ва ёшлар инклюзивлиги, рақамли хизматлар сингари стратегик йўналишлар ёритилган. Тадқиқотда иқтисодий фаолият турлари бўйича бандликнинг таркибий ўзгариши, соҳа тармоқларидаги ривожланиш динамикаси, меҳнат унумдорлиги, норасмий бандлик, инфратузилма ва кадрлар тайёрлаш тизимига оид муаммолар ҳам кўриб чиқилган. Илғор халқаро тажриба таҳлил қилиниб, Ўзбекистонда хизматлар соҳаси орқали аҳоли бандлигини самарали ошириш бўйича таклифлар берилган.

04/30/2025
  • PDF
417-424 169 101
1 - 9 from 9

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer