Ushbu maqolada maxsus iqtisodiy hududlarning nazariy-uslubiy asoslari o‘rganilgan bo‘lib, erkin iqtisodiy hamda maxsus iqtisodiy zonalarning farqli jihatlari keltirilgan. Maqolaning maqsadi Jahon xo’jaligida maxsus iqtisodiy hududlarning shakllanishi, ya’ni tashkil qilish va jahon xo’jaligida maxsus iqtisodiy hududlar faoliyatini rivojlantirish orqali “iqtisodiy mo’jiza”ga erishgan va milliy iqtisodiyot taraqqiyotida tashqi savdo-sotiq siyosatini ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etish, uning ijobiy tomonlarini umumlashtirish asosida O’zbekistonda maxsus iqtisodiy hududlarni tashkil qilish va uni rivojlantirish istiqbollari, hamda maxsus iqtisodiy hududlarlarni tashkil etishdagi jahon tajribasidan O’zbekistonda foydalanish imkoniyatlari borasida takliflar ishlab chiqishdan iboratdir. Tadqiqot natijasida quyidagi xulosa va takliflar shakllantirilgan: erkin iqtisodiy zonalar ham maxsus iqtisodiy zonalarning bir turi bo‘lsa, erkin zonalar erkin portlar faoliyatini tavsiflaydi; xorijiy mamlakatlar amaliyotida maxsus iqtisodiy zonalarning erkin savdo zonalari, erkin ishlab chiqarish hududlari, erkin iqtisodiy hududlar, texnologik-innovatsion parklar va boshqa turlari keng qo‘llaniladi.
Ushbu maqolada maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) tushunchasi, tasnifi va tarixiy shakllanish bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xalqaro tashkilotlar (BMTSTT, Jahon banki) va yetakchi tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan taʼriflar qiyosiy oʻrganilgan. Xitoy, Hindiston, Filippin, Irlandiya va Bangladesh kabi mamlakatlarning MIZ tajribasi koʻrib chiqilgan. Oʻzbekistondagi MIZlarning qonunchilik asoslari, institutsional rivojlanishi va hozirgi holati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida MIZ siyosatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.