Maqolada 2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy investitsiyalar hajmi, ularning samaradorligi va taqsimoti toʻgʻrisidagi raqamli maʼlumotlar keltirilgan. Oʻzbekiston-Xitoy oʻrtasidagi investitsiyaviy hamkorlik, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar dinamikasi, portfel investitsiyalar va xorijiy kreditlarning asosiy kapitalga jalb etilishi boʻyicha 2023 yil yakunlari koʻrib chiqiladi. Hududlar kesimida investitsiyalarning taqsimlanishi va eng yirik investor mamlakatlar tahlil qilinadi.
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning dolzarbligi, mavjud imkoniyatlar, muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keng yoritilgan. Xususan, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, soddalashtirilgan soliq tizimi, investorlarga berilayotgan huquqiy kafolatlar va preferensiyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida O‘zbekistonga investitsiyalarni yanada ko‘proq jalb etish yo‘llari, xususan davlat-xususiy sheriklik (DXX) mexanizmlari, infratuzilmani rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot va yashil energetika sohalaridagi imkoniyatlar o‘rganilgan. Maqolada xorijiy investorlar uchun qulay investitsion muhit yaratish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va ishonchli huquqiy tizimni shakllantirish bo‘yicha samarali takliflar ilgari surilgan.
Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va ularni milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrni yoritilgan boʻlib, statistik maʼlumotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada milliy iqtisodiyotga jalb qilingan invеstitsion loyihalarni samarali boshqarishdagi mavjud muammolar va ularni oldini olishni faollashtirishda qanday chora-tadbirlardan foydalanish kerakligi keng yoritilgan.
Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarning sanoat ishlab chiqarishdagi o’rnining dolzarbligi, investitsiyalarning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri, iqtisodiyot tarmoqlarida investitsiyalardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari va investitsiyalarni jalb qilish istiqbollari, investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib kelishi yo‘nalishlari, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalar samaradorligi tahlili keltirilgan.
Мазкур мақолада эркин иқтисодий зоналар (ЭИЗ) тушунчаси, уларни ташкил этиш ва улардан фойдаланиш усуллари, эркин иқтисодий зоналар инвестицион фаоллик ва инвестиция фаолиятини рағбатлантиришнинг самарали шаклларидан бири эканлиги тўғрисида маълумотлар берилган. Шунингдек, алоҳида ҳудудлар ва умуман мамлакат иқтисодиётининг барқарор ўсишига кўмаклашувчи маҳаллий ва хорижий инвесторларни кенг жалб этиш асосида инвестиция фаоллигини ошириб бориш тўғрисидаги маълумотлар таҳлил қилинган
Ushbu maqolada xalqaro valyuta bozori rivojlanishining jahon moliya arxitekturasiga ta'sirini o'rganib chiqildi. Tadqiqot davomida turli jihatlar, jumladan, xalqaro moliya bozoridan kapital jalb qilishning iqtisodiy mohiyati, nazariy va huquqiy asoslari, kapital jalb etishning hozirgi holati tahlili, adabiyotlar tahlili, tadqiqot loyihasi o‘rganildi. Tadqiqot natijasida xalqaro valyuta bozorining rivojlanishi bilan bog'liq muammolar va imkoniyatlarni yoritib berdi. U yanada samarali va barqaror valyuta bozorini rivojlantirish uchun mustahkam me'yoriy-huquqiy bazalar, bozor shaffofligini oshirish, risklarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish va investorlarni himoya qilish choralarini kuchaytirish zarurligini aniqlandi.
Mazkur tadqiqot davlat korxonalarini (SOEs) boshlang‘ich ommaviy takliflar (IPO) va ikkilamchi ommaviy takliflar (SPO) orqali xususiylashtirish masalasini, ayniqsa, O‘zbekistonning rivojlanayotgan kapital bozori doirasida o‘rganadi. Koreya, Xitoy, Hindiston va Turkiya kabi davlatlarning tajribasiga tayanilgan holda, ushbu maqola davlat korxonalarining fond bozoriga chiqarilishi orqali korporativ boshqaruvni takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, oshkoralikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, investorlar bazasining zaifligi, listing infratuzilmasining yetarli emasligi, hamda oshkoralik va korporativ boshqaruvdagi muammolar tahlil qilinadi. Hukumat tomonidan yirik SOE’larning IPO orqali xususiylashtirilishi bo‘yicha jiddiy tashabbuslar kuzatilayotgan bo‘lsa-da, institut sarmoyadorlarning kamligi, underwriterlar faoliyatining zaifligi va aholining fond bozori haqida yetarli bilimga ega emasligi kabi tizimli to‘siqlar mavjud. Tadqiqot bosqichma-bosqich IPO joriy etish, investitsion banklar salohiyatini oshirish, oshkoralik tizimini kuchaytirish va aholining aksiyalarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni ilgari suradi. Ushbu xulosalar O‘zbekistonning davlatga asoslangan iqtisodiyotdan bozor mexanizmlariga asoslangan tizimga o‘tishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.