Ushbu maqola mintaqa tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari davlatlar va mintaqalararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan strategiyalar va amaliyotlarni o'z ichiga oladi hamda ushbu zamonaviy tendensiyalarning globalizatsiya va integratsiya, raqamli iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, innovatsiya va texnologik taraqqiyot kabi asosiy yo'nalishlari borasida so’z boradi. Ushbu tendensiyalar mintaqalararo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda asosiy omillar bo'lib, ular iqtisodiy o'sishni ta'minlash, savdo va investitsiya oqimlarini oshirish hamda barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Yurtimizda bu tendensiyalar mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta'minlash va xalqaro savdoda raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol o'ynaydi
Maqolada Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish jarayonida Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan bogʻliq hamkorlikning rivojlantirish tizimi doirasidagi kordinatsion munosabatlar va uni rivojlantirish mexanizmlarining tashkiliy asosini muvofiqlashtirish yoʻllari tadqiq etilgan. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida keng koʻlamli savdo-iqtisodiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida mavjud muammolarning ta'siri tahlil qilingan. Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish tizimi va uni muvofiqlashtirish yoʻnalishlariga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu tadqiqotda, tashqi iqtisodiy faoliyat koʻrsatkichlarining tahlili va yigʻilgan maʼlumotlar asosida Respublikamizning 2010-2023-yillardagi eksport hajmi dinamikasini baholandi. Dinamika qatorlarini tahlil qilishda qoʻllaniladigan: mutlaq oʻsish yoki kamayish, oʻsish yoki kamayish surʼati; qoʻshimcha oʻsish yoki kamayish surʼati bir foizli qoʻshimcha oʻsish yoki kamayishni mutlaq qiymatining statistik tahlil koʻrsatkichlaridan foydalandi. Eksport dinamika qatorlarini muntazam ravishda tahlil qilish qilish zarurati kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni oldini olishga yordam beradi.