Ushbu maqolada fintex xizmatlarining global moliyaviy bozorlaridagi o‘rni, ularning rivojlanish tendensiyalari hamda xalqaro tajribalar asosida shakllanayotgan innovatsion yechimlar tahlil qilingan. Muallif fintex texnologiyalarining zamonaviy raqamli iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning mintaqaviy xususiyatlari (Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani, LAMEA) va ilg‘or kompaniyalar (PayPal, Stripe, Revolut, Ant Group) faoliyati orqali sohaga bo‘lgan talabning oshib borayotganini yoritadi. Statistika va tadqiqot natijalari asosida fintex xizmatlarining tezkorlik, xarajatlarning kamayishi, inklyuzivlik va innovatsion mahsulotlar taklifi kabi afzalliklari ajratib ko‘rsatiladi. Xulosa qismida esa fintex sohasining istiqbollari, texnologik innovatsiyalar va davlat regulyatorlari o‘rtasidagi hamkorlik zarurligi ta’kidlanadi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining shakllanishi, uning evolyutsion rivojlanish bosqichlari va zamonaviy iqtisodiy islohotlar sharoitidagi istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank tizimining mustaqillik yillaridagi transformatsiyasi, xususan, 2017-yildan keyingi davrda amalga oshirilgan tub islohotlar, banklarning xususiylashtirilishi va raqamli transformatsiyasi batafsil yoritilgan. Bank tizimi barqarorligini ta'minlovchi makroiqtisodiy omillar, kapital yetarliligi va aktivlar sifati statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada bank xizmatlari bozorini liberallashtirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik va sohaga zamonaviy fintex texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston bank tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular sohaning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Maqolada raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida bank tizimida innovatsion xizmatlarni rivojlantirish, ularning xavfsizligini ta’minlash va aholi moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari o‘rganilgan. Muallif tomonidan aholining innovatsion bank xizmatlaridan foydalanishining bank tizimi barqarorligiga ta’siri hamda kiberxavfsizlik muammolari aniqlangan. Tadqiqot natijasida ilmiy taklif, amaliy tavsiya hamda xulosalar shakllantirilgan.