Aholining ko‘payib borishi o‘z-o‘zidan demografik jarayonlarni tadqiq etishga qaratilgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish kerak ekanligini bildiradi. Aholi tarkiblari, xususan, yosh, jins, milliy-etnik tarkiblar bilan birgalikda oilaviy, ijtimoiy tarkiblar ham borki, ularni tadqiq va tashxis etish hozirgi kunga kelib dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Aholini oilaviy tadqiq etishning geografik jihatlaridan biri ham, aholining balandlik joylashuvi bo‘yicha oilalar soni, turi, shakli va o‘lchami bo‘yicha o‘ziga xos jihatlarini ochib berishni taqozo etadi. Geografik tadqiq etishda aynan hududdan kelib chiqib, aholi oilaviy tarkibiga geografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni ta’sirini o‘rganish zarurdir.
Maqolada sirkulyar iqtisodiyotning barqaror taraqqiyotga erishishdagi roli, ahamiyati va mexanizmlari tahlil qilinadi. Sirkulyar iqtisodiyot resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu model barqaror ishlab chiqarish va iste’mol tizimini yaratish orqali iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy farovonlik hamda atrof-muhit muhofazasini uyg‘unlashtiradi. Tadqiqotda sirkulyar iqtisodiyotning afzalliklari, global tajriba hamda uni milliy iqtisodiyot sharoitida joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Maqolada bozor munosabatlaridagi asosiy iqtisodiy kategoriyalardan biri bo‘lgan mintaqa raqobatbardoshligi kategoriyasi tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada iqtisodiyotning hududiy va tarmoq tuzilmasidagi tarkibiy o‘zgarishlar, mintaqaviy iqtisodiyotning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish zaruriyati belgilangan.