Ushbu maqolada, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasida 2020- 2024-yillar mobaynida kuzatilgan dinamik o‘zgarishlar, ulardagi ayrim qonuniyatlar va ularning kelgusi davrlar uchun prognoz ko‘rsatkichlarga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida yoritib beriladi. Agrar tarmoqqa oid rasmiy statistik ma’lumotlar asosida qishloq xo‘jaligida yuz berayotgan modernizatsiyalash jarayonlari natijasida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda kuzatilayotgan o‘zgarishlar va ularning aholi farovonligiga ta’siri tahlil qilinadi.
Maqola agrar sektor korxonalarida eksport operatsiyalarining buxgalteriya va moliyaviy hisobi bo‘yicha samarali usullarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hisobini yuritishda milliy me’yorlar (BHMS/PBU)ni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari IFRS, xususan, IFRS 15 “Mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tushum” bilan integratsiya qilish zarurati asoslab berilgan. Eksport operatsiyalarini hisobga olishning yagona uslubiy modelini, jumladan, tushumni tan olish, valyuta hisobi va kurs farqlari hisobini joriy etish hisobotlar shaffofligini oshirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarning buzib ko‘rsatilishi xavfini kamaytirish hamda agrar korxonalarning investitsion jozibadorligini kuchaytirishga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan.
Ushbu maqolada agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli, Respublikada meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda erishilayotgan yutuqlar, meva-sabzavot mahsulotlari eksportining tarkibi, meva-sabzavot mahsulotlarini import qiluvchi davlatlar tahlil natijalari yoritilgan.
Mazkur maqolada respublikada yong‘oq biznesini rivojlantirish ushbu jarayonning huquqiy konsultatsiyasini kengaytirishi imkoniyatlari yoritilgan. O‘zbekiston Osiyo mamlakatlari orasida iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari bilan yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi sohasining eksport salohiyatini oshirish hamda jahon bozorida munosib va mustahkam o‘rin egallashiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Grek yong‘og‘i yetishtirish, sohani zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, ishlab chiqarishga jahon bozori talablariga javob beradigan mahsulot yetishtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan grek yong‘og‘i navlari, tejamkor va raqamli agrotexnologiyalarni joriy qilish mahsulot sifatini yaxshilash va tarmoqda mehnat unumdorligini oshirishni ta’minlaydi.