Ushbu maqolada o‘zini o‘zi tashkil etuvchi savdo tizimida muvozanat holatini boshqarishda investitsiya oqimining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda investitsiya oqimining iqtisodiy tizimlarga ta’siri, uning turli shakllari hamda savdo tizimining dinamikasiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, tizimga ta’sir etuvchi uzluksiz va diskret omillar sinflashtirilib, stoxastik differensial tenglama orqali model ishlab chiqilgan. Hamilton–Jakobi–Bellman tenglamasi asosida investitsiya oqimining optimal qiymatini aniqlash metodologiyasi taklif etilgan. Olingan natijalar iqtisodiy tizimlarni prognozlash, resurslarni optimal taqsimlash va bozor strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolada “pul oqimlari” mazmuniga muallifning taʼrifi kiritildi va pul oqimlarining qoʻshimcha sifat koʻrsatkichlari taklif qilindi: intensivlik, likvidlik, muvozanatlilik. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda pul oqimlarini tahlil qilish metodologiyasining nazariy qoidalari toʻldirildi. Yaʼni, “pul oqimlari” mazmuniga muallifning taʼriflari berildi hamda pul oqimlarining qoʻshimcha sifat koʻrsatkichlari ochiqlandi. Tadqiqot natijasida intensivlik, likvidlik, muvozanatlilik formulalari yordamida pul oqimlarini boshqarish, tahlil qilish tushunchalari takomillashtirildi.