Maqola O‘zbekiston energetika tarmog‘i kompaniyalarining moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish uchun boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish yo‘llarini aniqlashga bag‘ishlangan. Buning uchun O‘zbekistonda taqdim etilayotgan elektr energetikasi resurslarining mavjudligi va sifati Jahon bankining 2003-2020 yillardagi statistikasi asosida adabiyotlar sharhida keltirilgan manbalarga asoslanib, regressiyon tahlili o‘tkazilgan va natijada O‘zbekiston energetika tarmog‘i kompaniyalarining moliyaviy boshqaruv samaradorligiga eng katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqaruv hisobining asosiy ko‘rsatkichlari aniqlangan. O‘zbekistonda energetika sohasi kompaniyalarining moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish uchun boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha mualliflik tavsiyalari taklif etilgan.
Ilmiy maqolada axborot tizimini joriy etish jarayonlarida yuzaga keladigan ba’zi muammolar, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning ”O‘zbekenergo” DAKga qo‘llash texnologiyasi, AKTning an’anaviy tuzilishi, raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, istiqboldagi AKT bo‘limlarining tarkibiy tuzilishi hamda korporativ axborot tizimlarining joriy etilishi va ishlashi, ushbu tizimlarni tashkil etishdagi bir qator kamchiliklar, raqamlashtirish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shu sohadagi butun jahon hamjamiyati tamoyillari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.