Ushbu maqolada Maykl Porterning raqobatdoshlik ustunliklari modelidan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyati eksport salohiyati tahlil qilinadi. Porter yondashuvi va boshqa tahlil usullarining integratsiyasi quyidagilarga imkon berdi: eksport salohiyatining hozirgi holatini diagnostika qilish, mintaqaning raqobatbardosh ustunliklari doirasini aniqlash, strategik tashabbuslarning yo‘l xaritasini ishlab chiqish, hududning eksport siyosati samaradorligini monitoring qilish va baholash tizimini ishlab chiqish. Quyidagilarni hisobga olgan holda tavsiyalarning amaliy qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratildi: real biznes imkoniyatlari, institutsional muhit, global tendensiyalar (deglobalizatsiya, ESG transformatsiyasi).
Maqolada mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy yuksalish uchun asosiy omil hisoblangan erkin iqtisodiy zonalar, ularning jozibadorligi va yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishning eng muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarni izchil rivojlantirish borasida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, eksport salohiyatini oshirish diversifikatsion siyosatni kuchaytirish mintaqalar iqtisodiyotini barqarorligini va mamlakatimizdagi hozirgi holati yoritib berilgan.
Ushbu tadqiqot O‘zbekiston eksportini rivojlantirish strategiyalarini baholash va ustuvorligini aniqlash uchun Analitik ierarxiya jarayonini (AHP) qo‘llaydi. Metodologiyada Prezident tomonidan belgilab berilgan milliy strategik ustuvorliklar, davlat dasturlari, shuningdek, iqtisodchi ekspertlar va yuqori mansabdor shaxslarning fikrlari inobatga olingan. Shu asosda mezonlar va vaznlar shakllantiriladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish yetakchi strategiya bo‘lib, bu davlat siyosati uchun muhim ahamiyatga ega.