Ushbu maqolada O‘zbekistonda, shu jumladan, turizm sanoatida ekskursiya xizmatini tashkil qilishning dolzarbligi haqida ma’lumot berilgan. Chunki turizm rivojlangan va bugungi kunda rivojlanayotgan har qanday turistik hudud uchun ekskursiya xizmatini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Ekskursiya xizmatini tashkil etish orqali potentsial mijozlar turistik hudud haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lgan taqdirda, mintaqada turizmni barqaror rivojlantirishga undaydi. Shuning uchun turizmni tashkil etishda ekskursiya xizmati hozirgi vaqtda asosiy xizmat turlaridan biri sifatida qaralmoqda.
Maqola ekskursiya faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha xorijiy tajribaning qiyosiy-huquqiy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, turizm xavfsizligini ta’minlash tizimida turizm politsiyasining roli aniqlangan. Ishda huquqni muhofaza qilish organlarining turizm idoralari bilan o‘zaro hamkorligining institutsional modellari, shuningdek, gidlar ishini monitoring qilish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Normativ-huquqiy hujjatlarning qiyosiy-huquqiy tahlili asosida ekskursiya faoliyatini tartibga solish va ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llashda turistik politsiya ishtirokining asosiy modellari aniqlandi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyalash vakolatiga ega bo‘lmasa-da, turizm politsiyasi noqonuniy xizmatlarni aniqlash, ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish va sayyohlar huquqlarini himoya qilishda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi, degan xulosaga kelindi. Turistik obyektlarda huquq-tartibotni ta’minlashda politsiya ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha xulosalar shakllantirilgan.