Maqolada raqamli iqtisodiyot doirasida soliqqa tortishni optimallashtirishga qaratilgan strategiya va uslublarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tez rivojlanayotgan raqamli bozor va tijorat faoliyatining yangi shakllarining paydo bo'lishi sharoitida soliqni samarali rejalashtirish davlat moliyaviy barqarorligining asosiy jihatiga aylanmoqda. Maqolada soliq qonunchiligini moslashtirish, maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish mavzulari yoritilgan. Barqaror va prognoz qilinadigan davlat daromadlarini taʼminlashning asosiy omili boʻlgan raqamli tranzaksiyalar va xizmatlar boʻyicha soliqlarni samarali undirish mexanizmlarini ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ushbu maqolada davlat byudjetini barqaror ta’minlashda soliq nazorati tadbirlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. 2019-2024-yillar davrida soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida undirilgan soliqlar hajmi dinamikasi o‘rganilib, soliq nazoratining davlat moliyasini boshqarishdagi fiskal samaradorligi ochib berilgan. Maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari asosida soliq nazoratining raqamli transformatsiyasi, risk tahliliga asoslangan yondashuvlar hamda profilaktik nazorat mexanizmlarining amaliy afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, soliq tekshiruvlarini takomillashtirish, nazorat natijalarini oshkoralik va iqtisodiy tahlil orqali baholashga oid takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari soliqqa oid siyosatni takomillashtirish va byudjet barqarorligini mustahkamlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Мақолада давлат бюджетини шакллантиришда солиқларнинг ўрни, солиққа тортишда тўғри ва эгри солиқларнинг нисбатини аниқлаш муаммосига доир назарий ёндашувлар кўриб чиқилган. Уларнинг оптимал нисбатини аниқлаш мақсадида қиёсий таҳлил қилинган. Шу билан бирга, иқтисодиётда яширин айланма савдо ва умумий овқатланиш, автотранспортда ташиш, уй-жой қурилиши ва таъмирлаш, тураржой хизматларини кўрсатиш каби соҳалар ўрганилиб, хориж тажрибаси, мамлакатимизда уни қўллаш бўйича илмий-амалий хулоса ва таклифлар шакллантирилган.
Ushbu maqolada sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni moliyaviy rag‘batlantirishda soliq siyosatining o‘rni, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning investitsiya faolligiga ta’siri tahlil qilindi. Shuningdek, soliq mexanizmlarining innovatsion rivojlanishga ta’siri statistik va nazariy ma’lumotlar asosida baholandi. Maqolada ikki ta jadval keltirilib, ular asosida tahliliy xulosalar chiqarilgan.