Ushbu tadqiqotning maqsadi raqamlashtirishning turizm ta’limiga ta’sirini va uning raqamli davr uchun ishchi kuchi kompetentsiyalarini qanday yaxshilashini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotda miqdoriy metodologiya qo‘llanilgan bo‘lib, 62 nafar respondentlar – talabalar, o‘qituvchilar va turizm sohasidagi mutaxassislar orasida onlayn so‘rovnoma orqali ma’lumotlar yig‘ildi. Tadqiqotda respondentlar raqamli ko‘nikmalar va sohada ta’lim moslashuvlari haqida fikr bildirdilar. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, raqamlashtirish turizm ta’limini sezilarli darajada o‘zgartirgan bo‘lib, respondentlar raqamli vositalar, sun’iy intellekt va shaxsiylashtirilgan xizmatlarning ahamiyatini ta’kidladilar.
Ushbu tadqiqotning o‘ziga xosligi shundaki, u turizm sohasida zarur bo‘lgan yangi raqamli kompetentsiyalarni o‘rganadi va ta’lim muassasalarining raqamli talablar o‘zgarishiga qanday moslashishini tushunishga hissa qo‘shadi. Tadqiqot zamonaviy sanoatda raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun uzluksiz ko‘nikmalarni rivojlantirish, raqamli savodxonlik va ilg‘or texnologiyalarni turizm ta’limiga integratsiya qilish zaruratini ta’kidlaydi.
Maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida savdo xizmatlari ko‘rsatishning barcha biznes jarayonlarini raqamlashtirish, mijozlarning yangicha iste’mol xulq-atvori va taomillarini shakllantirishda bozor subyektlarining yangi formatiga asoslangan raqamli o‘zaro munosabatlar muhitini shakllantirish, an’anaviy biznes modelini omnikanalli shaklga o‘zgartirish va yangi raqamli vositalar, texnologiyalar, bilim, malaka va o‘quvlar, resurslar hamda infratuzilmani shakllantirish imkonini beruvchi savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning raqamli biznes-modelini ishlab chiqish taklif qilingan.
Мақолада ҳозирги ривожланаётган рақамли иқтисодиёт шароитида меҳнат бозорида ёшларнинг меҳнатига бўлган талаблар ўрганилиб таҳлил қилинган. Минтақавий ва халқаро меҳнат бозоридаги ёшларга таклиф қилинаётган янги касбларни эгаллашдаги кўникмалари ўрганилган ва илмий таклифлар шакллантирилган
Mazkur maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida inson kapitalining roli va uning mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Inson kapitali bu ta’lim, sog‘liqni saqlash, malaka, ilmiy-tadqiqot va texnologik salohiyatni o‘z ichiga olgan iqtisodiy resurs bo‘lib, u innovatsion taraqqiyotning asosiy omili sifatida namoyon bo‘ladi.
Ушбу мақола Ўзбекистонда хизмат кўрсатиш соҳасида кичик бизнес фаолияти самарадорлигини таҳлил қилиш ва унинг барқарор иқтисодий ўсишни таъминлашдаги ўрнига бағишланган. Ривожланишнинг асосий детерминантлари сифатида давлат қўллаб-қувватлаши, инфратузилма даражаси, молиявий ресурсларга етарли имконият ва ишчи кучининг малакаси кўриб чиқилган. Алоҳида эътибор инновациялар ва рақамли технологияларни жорий этишга қаратилган бўлиб, улар бизнес жараёнларини оптималлаштириш, харажатларни камайтириш ҳамда бозорларни кенгайтиришга хизмат қилади. Олиб борилган таҳлил шуни кўрсатадики, эришилган ижобий натижаларга қарамасдан, соҳа қатор муаммоларга дуч келмоқда: молиялаштириш имкониятларининг чекланганлиги, рақобатнинг юқорилиги ва маъмурий тўсиқлар. Шу билан бирга, бюрократик тартиб таомилларни қисқартириш, солиқ имтиёзлари бериш ва хизматлар экспортини рағбатлантиришга қаратилган давлат ташаббуслари соҳанинг янада ривожланиши учун қулай шарт-шароит яратмоқда. Хулоса қилиб айтганда, хизмат кўрсатиш соҳасидаги кичик бизнес иқтисодиётга қўшадиган ҳиссасини кенгайтириш бўйича катта салоҳиятга эга, айниқса экспорт ва халқаро бозорларга интеграция орқали. Комплекс чораларни амалга ошириш эса кичик корхоналарнинг рақобатбардошлигини ошириш ва Ўзбекистон иқтисодиётининг диверсификациясини таъминлаш имконини беради
Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalari va strategiyalarini amalga oshirish jarayonlarida inson kapitalini rivojlantirish omillarining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish. Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini rivoj topishi uchun ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlarning tahlili, dunyo sivilizatsiyalari va dunyo mamlakatlari qatori rivojlanish harakatlari. Innovatsion rivojlanish manfaatlari yo‘lida inson kapitalini shakllantirish jarayonida shaxsni ta’limga, bilim, ko‘nikma, qobiliyat, motivatsiya, kasbiy yo‘naltirishga, yangi ma’lumot egalarini tayyorlashga, ijtimoiy talabni shakllantirishga va ehtiyojlarga javob beradigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.