Ижтимоий тармоқлар туризм маркетингига жиддий ўзгаришлар олиб кирди ва инфлуенсерлар ҳамда ижтимоий медиа фигуралари саёҳатчиларнинг туристик йўналишларга бўлган қарашларини шакллантиришда асосий рол ўйнамоқда. Instagram, YouTube ва TikTok каби платформалар инфлуенсерларга рақамли элчилар сифатида чиқиш имконини берди ва улар саёҳат жойларини кўркам, визуал жиҳатдан жозибадор контент орқали тарғиб қилинмоқда. Ушбу мақола ижтимоий медиа фигураларининг туризм соҳасида дестинация имиджи ва харид қилиш ниятларига таъсирини ўрганди ва Исландия, Япония, Швейцария ҳамда Қатар каби мамлакатларнинг муваффақиятли тажрибаларига асосланди. Шунингдек, Ўзбекистон туризм имиджини яхшилашда инфлуенсер маркетингидан қандай фойдаланиш мумкинлиги таҳлил қилинди.
Mazkur maqolada internet texnologiyalarining turizm sanoatini rivojlantirish va boshqarishga ta’siri o‘rganiladi. Ushbu mavzuni yoritish uchun Janubiy Afrikada joylashgan Zimbabve Respublikasi misol sifatida tanlangan. Zimbabve 2000-yildan buyon rivojlanish jarayonida bo‘lib, bu jarayon beqaror iqtisodiyot va siyosiy vaziyat bilan to‘qnash kelish ehtimolini yuzaga keltirgan. Boy madaniy merosiga qaramay, mamlakat xalqaro reklama ta’siridan kelib chiqqan salbiy tajribalarni boshdan kechirgan bo‘lib, bunday axborotlarning tez tarqalishida onlayn platformalar muhim omil hisoblanadi. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tezkor rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan deb hisoblanadi, biroq ushbu holat iqtisodiy rivojlanish bosqichida bo‘lgan turistik yo‘nalish obro‘siga zarar yetkazishi mumkinligini ham ko‘rsatadi. Tadqiqot turizm faoliyatida yuz berayotgan o‘zgarishlarning asosiy sabablarini o‘rganib, raqamli transformatsiya ta’siri ostida reklama, mijozlar bilan o‘zaro aloqalar va biznes samaradorligiga alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, maqolada turizm korxonalari internet texnologiyalaridan foydalanishda duch keladigan asosiy muammolar tahlil qilinadi hamda raqamli vositalardan samarali foydalanish orqali yutuqlarga erishish va raqobatchilar ustidan ustunlikka ega bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Asosiy mavzular qatoriga raqamli marketing vazifalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish, onlayn sayohat agentliklari (OTA)ning paydo bo‘lishi, katta ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt (AI)dan foydalanish hamda turizm sanoatida Internet buyumlari (IoT) integratsiyasi kiradi. Yakunida, iqtisodiy rivojlanish jarayonida bo‘lgan mamlakatlarda AKTning turizmni targ‘ib qilishdagi ijobiy roli bilan birga potensial beqarorlik keltirib chiqarish ehtimoli mavjudligi ham ko‘rsatib beriladi.
Ushbu maqolada turizm sohasi rivojlanishida viloyatlararo o‘zaro bog‘liqlik hamda viloyatlararo tenglik darajasi o‘rganib chiqilgan. Buning uchun menmonxona sanoati o‘rganilib, mehmonxonalarning viloyatlararo taqsimlanganlik darajasi ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari sayyohlik agentliklari va tashkilotlari o‘rganib chiqilib, ularning ham viloyatlararo taqsimlanganlik darajasi ham ko‘rildi. Shu bilan bir qatorda, yuqorida ta’kidlangan turizmning asosiy segmentlariga talabni yaratish uchun avvalambor mavjud resurslarga e’tibor berish va yangi zamonaviy resurslarni yaratish dolzarb mavzu sifatida ko‘rildi. Resurslarni son va sifat jihatdan oshirish uchun esa har bir viloyatning salohiyatidan kelib chiqgan holda bir qator takliflar berib o‘tildi.