Ushbu maqolada AQShning Silikon vodiysida shakllangan innovatsion startap ekotizimi iqtisodiy va statistik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda startaplar rivojlanish bosqichlari, venchur kapital dinamikasi, mehnat bozori o‘zgarishlari, demografik ko‘rsatkichlar hamda texnologik faollikning mehnat bozori, migratsiya oqimlari, patentlash sur’atlari va investitsiya hajmlari bilan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. 2020–2023 yillar davomida Silikon vodiysidagi startaplar soni dinamikasi, AI startaplar ulushi, yangi tashkil etilgan texnologik kompaniyalar, venchur kapital taqsimoti hamda gender tarkibi bo‘yicha statistik tendensiyalar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari Silikon vodiysida iqtisodiy va demografik diversifikatsiya, investitsiya imkoniyatlari hamda inson resurslari salohiyati ekotizimning barqaror o‘sishi uchun strategik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Mazkur tajriba O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy siyosat va institutsional mexanizmlarni takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada O‘zbekiston aholi soni dinamikasiga tashqi mehnat migratsiyasining demografik ta’siri tahlil qilinadi. Migratsiya oqibatida yuzaga kelayotgan hududiy nomutanosiblik, tug‘ilish ko‘rsatkichlari oshishi, mehnatga layoqatli aholi qatlamining ortishi kabi omillar statistik usullar asosida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari migratsiya jarayonlarining uzoq muddatli demografik oqibatlarini aniqlashga va tegishli siyosiy qarorlarni ishlab chiqishga ilmiy asos yaratadi. Maqola nazariy hamda amaliy jihatdan dolzarb bo‘lib, demografik siyosatni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining demografik holati R Studio dasturidan foydalangan holda tahlil qilindi. Tadqiqot davomida mamlakatning tugʻilish, o‘lim, migratsiya va urbanizatsiya kabi asosiy demografik koʻrsatkichlari oʻrganildi. Natijalar mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim tavsiyalarni shakllantirishga asos yaratadi.
Maqolada “Pensiya tizimini moliyalashtirishning amaliy tahlili” tushunchasining mazmuni va ahamiyati, pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari, pensiya jamg’armasining moliyaviy manbalari, pensiya jamg’armasiga ta’sir etuvchi demografik, iqtisodiy, ijtimoiy omillar, davlat pensiya ta’minoti, jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti, xususiy pensiya ta’minoti, taqsimlanuvchi va aralash pensiya modellari tahlili amalga oshirilgan.
Mazkur maqolada O`zbekistonda aholini takror barpo etishning tabiiy harakatini o‘rganish hamda ko‘rsatkichlarini tahlil qilishga ois statistik ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Shuningdek, aholini takror barpo qilishda aholi dinamikasi, tug‘ilish va o‘lim, ayollar va erkaklar soni, mehnatga layoqatlilar qamrovi koeffisienti kabi omillar asosida o‘rganilgan tadqiqot natijalari xususida fikr-mulohazalar bildirib o‘tilgan