Ushbu maqolada O‘zbekistonda savdo oqimlari kengayib, ta’minot-logistika zanjirlari murakkablashayotgan sharoitda bojxona xizmatlarining iqtisodiy ahamiyati hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashdagi roli tahlil qilinadi. Dolzarblik rasmiylashtirish tezligi, shaffoflik va xavfsizlik talablari kuchayishi, risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda raqamli yechimlarni keng joriy etish ehtiyoji bilan izohlanadi. Ushbu yo’nalishdagi ilmiy adabiyotlar sharhi, normativ-huquqiy hujjatlar tahlili va rasmiy statistika asosidagi deskriptiv-dinamik qiyoslashdan iborat. Natijalar import-eksport tarkibida jamlanish va xatarlarning ortishini ko‘rsatib, riskka asoslangan nazorat, avtomatlashtirish va “inson omili” ni kamaytirish bo‘yicha yo‘nalishlarni asoslaydi. Muallif bojxona organini strategik savdo infratuzilmasi sifatida talqin etib, amaliy tavsiyalar beradi. Tadqiqotchining ilmiy hissasi sifatida bojxona xizmatining tashqi savdoni soddalashtirishdagi mexanizmlari tizimlashtirilib, ko‘rsatkichlari va amaliy islohot yo‘nalishlari takomillashtirish yo’nalishlarini taklif etgan.
Ушбу мақолада ташқи савдо операцияларда солиқларнинг ўрни шу билан биргаликда 2025-2027 йиллар учун ялпи ички маҳсулотнинг прогнози, 2022-2024 йиллар учун давлат бюджети билвосита даромадлари яъни қўшилган қиймат солиғи, акциз солиғи ва божхона божи статистик маълумотлари таҳлил қилинган ва ўрганилган. Шунингдек, ташқи савдо операцияларида солиқларнинг аҳамиятини ўрганишга доир илмий мунозаралар юритилган ва таклифлар берилган.
Mazkur ishda xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganiladi. Xorijiy investitsiyalar – bu xorijiy investorlar tomonidan boshqa mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan kapital bo‘lib, ular yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, texnologiyalarni olib kirish va kadrlar malakasini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishga turtki beradi. Maqolada xorijiy investitsiyalarning asosiy turlari, ularni qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotidagi funksiyalari, iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi omillari va foydalari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada turizm sohasiniso‘nggi yillarda iqtisodiyotning muhim tarmog‘i sifatida jadal rivojlanayotganligiga alohida e’tibor qaratilgan. Ko‘pgina mamlakatlar turizm sohasini rivojlantirish orqali nafaqat iqtisodiy foydaga erishishni, balki o‘zlarining milliy urf - odat va an’analarini saqlab qolish, uni jahon hamjamiyatiga namoyon etish va bu orqali o‘zaro do‘stona munosabatlarni rivojlantirishni ko‘zlayotganligi, bu o‘rinda yoshlarning o‘rni sezilarli ekanligi muhokama etilib, taklif va mulohazalar berilgan.