Ушбу тадқиқотнинг мақсади Ўзбекистоннинг саноат сиёсатидаги долзарб муаммоларга бағишланган. Унда нефт-газ саноатида маҳаллийлаштириш ва импортни қисқартириш йўналишида жорий ҳолат (статистика, таҳлил), жараёнлар (амалий ислоҳотлар, қонунчилик), истиқболлар (стратегия, таклифлар) илмий таҳлил қилинган ва таклифлар шакллантирилган. Мақолада “Ўзбекнефтгаз” АЖ мисолида маҳаллийлаштириш ва импортни қисқартиришда мавжуд муаммоли ҳолатлар ва уларнинг ечими бўйича илмий қарашлар баён қилинган.
Maqolada Namangan viloyatining qishloq xo‘jaligi bozori xususiyatlari, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibi, yalpi hududiy mahsulot tarkibida qishloq xo‘jaligining ulushi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari, qishloq xo‘jaligi bozorida raqobat muhitining asosiy ko‘rsatkichlari, raqobat muhitini baholash usullari hamda Namangan viloyatida raqobat muhitining dolzarb muammolari o‘rganilgan
Ушбу мақолада ахборот-коммуникация технологиялари (АКТ) корхоналарида рақамли трансформацияни бошқариш самарадорлигини баҳолаш масаласи таҳлил қилинган. Тадқиқот давомида рақамли трансформация жараёнларининг амалдаги ҳолати ва уларни баҳолашдаги асосий муаммолар аниқланган. Шу асосда рақамли трансформация самарадорлигини баҳолашнинг интеграл ёндашуви таклиф этилган бўлиб, у технологик, ташкилий ва инсон капитали омилларини қамраб олади.
Mazkur maqola Oʻzbekiston bank sektorining moliyaviy tahliliga bagʻishlanib, bank sektorning joriy holati, muammolari va kamchiliklarini oʻrganilgan. Oʻzbekistondagi banklar faoliyatining iqtisodiy samaradorligi davlat va xususiy banklar misolida koʻrib chiqilgan. Tadqiqotda yirik davlat banklarining bozordagi hukmron mavqeyi, aktivlar va majburiyatlar ulushi hamda rentabellik koʻrsatkichlari oʻrganilib, sektor rivojlanishidagi asosiy muammolar va kamchiliklar tahlil qilingan.
Bozor sharoitida kichik va O‘rta korxonalarning (ko‘k) asosiy iqtisodiy vazifasi mahsulot bozorlarida ularning ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi sohasida raqobatbardoshlikni ta'minlashdir. Bundan tashqari, uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish moliya bozorlarida raqobatbardoshlikning etarli darajasini, ya'ni operatsion va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning tashqi manbalaridan foydalanish uchun maqbul shartlarni talab qiladi. Ushbu muammoni hal qilish katta miqdordagi moliyaviy va moddiy resurslarni talab qiladigan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmasdan mumkin emas. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ko‘plab tarmoqlarida moddiy-texnik bazani yangilash va rivojlantirishga qaratilgan investitsiya faoliyatini moliyalashtirish hajmiga bo‘lgan real ehtiyoj va o‘z moliyaviy resurslarining mavjud manbalari o‘rtasida ziddiyat mavjud. Ushbu vaziyatning sabablaridan biri zamonaviy uslubiy tamoyillarga asoslangan va ko‘kdan moliyaviy menejmentning eng yangi texnologiyalari va vositalaridan foydalanadigan moliyaviy va investitsiya faoliyatini samarali boshqarish tizimining yo‘qligi. Bularning barchasi korxonalarning amaldagi moliyaviy-iqtisodiy sharoitlariga mos keladigan investitsiya faoliyatini boshqarishda yangi uslubiy yondashuvlarni ilmiy asoslashning dolzarbligini oldindan belgilab beradi.
Илмий мақолада ҳозирги кундаги банклар инқирозида тижорат банклари ликвидлигига таъсир қилувчи омиллар кўриб чиқилган. Бунда, банкнинг ликвидлиги нафақат банкнинг ички, балки ташқи омилларга ҳам боғлиқдир. Шунингдек, даромад келтириш нуқтаи-назаридан ресурсларни оқилона жойлаштириши банкларнинг молиявий барқарорлигига, хусусан, ликвидлилигига ижобий таъсир қилади. Айни пайтда, банклар томонидан ажратилган кредитлар сифатининг пастлиги, муаммоли кредитлар ҳажмининг ортиши банк ликвидлилигига салбий таъсир кўрсатмоқда. Мазкур ҳолат ўз навбатида банкнинг кредит сиёсатида ҳам муайян камчиликлар мавжудлигидан далолат беради. Тижорат банки ликвидлилигини бошқаришда унга таъсир этувчи омилларни доимий кузатув объектига айлантирган ҳолда, уларнинг салбий таъсирини бартараф этиш юзасидан таъсирчан чоралар кўриш мақсадга мувофиқ саналади.