Maqolada budjet tashkilotlarida asosiy vositalar bo‘yicha boshqaruv tahlilini amalga oshirishning bosqichma-bosqich uslubiyoti yoritilgan. Tahlil natijalariga tayangan holda, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan asosiy vositalarni boshqarish siyosatini shakllantirish zarurligi asoslangan. Ushbu siyosatning asosiy maqsadi asosiy vositalardan oqilona foydalanishni ta’minlash hamda erishilgan natijalarni yuqori turuvchi budjet mablag‘lari taqsimlovchi organlarga taqdim etishdan iborat.
Ushbu maqolada budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashda nodavlat moliyaviy nazoratning ahamiyati hamda uning o‘rnini kengaytirish masalalari tahlil qilingan. Davlat moliyaviy nazorati bilan bir qatorda nodavlat moliyaviy nazorat shakllari, xususan mustaqil audit, jamoatchilik nazorati va fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki budjet jarayonlarida shaffoflik hamda hisobdorlikni oshirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan. Shuningdek, xorijiy tajriba o‘rganilib, milliy amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.