Maqolada hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini barqarorligini ta’minlash bo‘yicha Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda mahalliy budjet daromadlarining hududlar bo‘yicha ahamiyatini oshirishning dolzarbligi asoslangan va bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy taklif va xulosalar keltirilgan
Maqolada hududlarda rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari samaradorligini baholashning mavjud metodikalari tahlil qilinib, ularning afzalliklari va kamchiliklari aniqlangan. Rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari samaradorligini baholash budjet daromadlaridagi yo‘qotishlar bilan davlat va soliq to‘lovchilar uchun yuzaga keladigan iqtisodiy foydalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashga, shuningdek imtiyozni uzaytirish, tuzatish yoki bekor qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga yo‘naltirilganligi asoslab berilgan. Soliq imtiyozlari samaradorligini baholash byudjet, iqtisodiy va ijtimoiy mezonlar asosida amalga oshirilishi hamda baholash jarayoni bosqichma-bosqich olib borilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, integral koeffitsiyentga asoslangan va asosiy samaradorlik mezonlarini qamrab oluvchi baholash metodikasi taklif etilib, u mahalliy darajada soliq imtiyozlarining budjet, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini kompleks baholash hamda asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi.
Maqolada yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar yoritib berilgan. Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish budjetlar daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini oshirish yuzasidan tartib va amaliy tavsiyalar taklif etildi. Bundan tashqari, Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni soliqqa tortishning amaldagi holati bo‘yicha tadqiqot olib borilgan bo‘lib, mavzu doirasida iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari o‘rganilib, xulosa va takliflar shakllantirildi.
Ushbu maqolada soliq salohiyatining iqtisodiy mazmuni, uning shakllanish qonuniyatlari va soliq tizimidagi strategik o‘rni yoritilgan. Tadqiqot davomida soliq salohiyatiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinib, davlat budjeti daromadlarini barqarorlashtirishda ushbu ko‘rsatkichning ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, soliq bazasini kengaytirish va soliq yig‘iluvchanligini oshirish orqali mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlash yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqola soliq siyosatini takomillashtirish va soliq yukini optimallashtirish masalalari bilan qiziquvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.