Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida kiyim ishlab chiqarish sanoatining hozirgi holati, rivojlanish omillari va istiqbollari yoritilgan. Sanoatning milliy iqtisodiyotdagi oʻrni, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish, brend va dizayn siyosatini rivojlantirish zarurati tahlil qilingan. Shuningdek, ilmiy asoslangan marketing strategiyalarini joriy etish, neyromarketing yondashuvlari, elektron tijorat imkoniyatlaridan foydalanish va kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirish sohaning global raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim omil sifatida qayd etilgan.
Korxonalarda barqaror rivojlanish strategiyalarini amalga oshirish bugungi global iqtisodiyotda uzoq muddatli hayotiylik va raqobatbardoshlikning hal qiluvchi omili sifatida tobora eʼtirof etilmoqda. Ushbu tadqiqot ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy oʻlchovlarning korporativ strategiyalarga integratsiyalashuvini oʻrganadi va korxonalar ijtimoiy tenglik va iqtisodiy samaradorlikni maksimal darajada oshirish bilan birga ekologik ta’sirlarni minimallashtiradigan amaliyotlarni qabul qilish zarurligini taʼkidlaydi. Turli sohalardagi amaliy tadqiqotlarni tahlil qilish orqali tadqiqot barqarorlikka oʻtishni osonlashtiradigan ilgʻor tajribalar va innovatsion yondashuvlarni aniqlaydi. Asosiy tarkibiy qismlarga manfaatdor tomonlarning ishtiroki, resurslar samaradorligi va aylanma iqtisodiyot tamoyillarini qabul qilish kiradi. Topilmalar shuni koʻrsatadiki, barqaror strategiyalarni faol ravishda amalga oshiradigan korxonalar nafaqat oʻzlarining brend obroʻsini oshiradi, balki operatsion samaradorlik va bozor oʻzgarishlariga chidamlilikka erishadilar. Oxir oqibat, ushbu tadqiqot korxonalar uchun yanada barqaror kelajakni taʼminlash uchun oʻz maqsadlarini barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) bilan muvofiqlashtirish zarurligini taʼkidlaydi.
Maqolada diversifikatsiya atamasi uning tarixi va yevropa, rus, o`zbek olimlarning bu borada bergan ta`riflari keltirilgan va muallif tomonidan ham ta`rif berilgan. Diversifikatsiyaning globallashuv jarayonida xizmatlar sohasidagi o`rni, ahamiyati va uning turlari tahlil qilingan. Raqobatli bozor sharoitida diversifikatsiya qanday yordam bera olishi yoritib berilgan bo`lib, u orqali moliyaviy barqarorlikka erishish mumkinligi, u bozorda o`z o`rniga ega bo`lishi, xatarlarni baholay olish qobiliyatiga ega bo`lishi, resurslarni to`g`ri taqsimlay olishi, iqtisodiy tanazzulga chidamlilik, sohaga oid qiyinchiliklarga yechim kabilarga bardosh bera olishi mumkinligi haqida batafsil keltirib o`tilgan. Xizmatlarni diversifikatsiya qilish orqali mijozlarni ko`paytirish, ularning sodiqliligiga erishish mumkinligi to`g`risida maqolada ma`lumotlar keltirilgan.
Mazkur maqolada toʻqimachilik korxonalarini strategik boshqaruvni takomillashtirish hamda xizmatni tashkil etish, boshqarish uchun texnologiya, brend, ishlab chiqilgan tizim va xodimlarning professionallik darajasini tahlili, sanoatda raqobatbardoshlikni oshirishning eng samarali usullaridan biri strategik boshqaruvining ijobiy tomonlari yoritib oʻtilgan.