Ushbu maqolada maktab ta’limi bilan oliy ta’lim o’rtasidagi iqtisodiy bilimlarni konvergentsiyalash mohiyati va ularning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan va ushbu mavzu yuzasidan fikr mulohazalar kelitirib o’tilgan, bilimlar iqtisodiyoti iqtisodiy yo'nalishlari bo'yicha asoslangan yondashuv doirasida iqtisodiy yo'nalishdagi bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash maqsadi kompetentsiyalarni shakllantirish bo’yicha aniq nazariy ma’lumotlar berilgan.
Bugungi kunda iqtisodiy resurslar hajmining qisqarib borayotganligi, xalqaro iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatda barqaror iqtisodiy oʻsishni ta'minlashda innovatsion iqtisodiyotni joriy etilishi dolzarbligini yanada oshirmoqda. Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻtgan asrning 90 yillariga qadar xomashyo va qishloq xoʻjaligiga asoslangan xoʻjalikdan, bugungi kunda ishlab chiqarish resurs tejamkor va ilmsigʻimli boʻlgan tayyor iste'mol mollari ishlab chiqaradigan va xizmatlar koʻrsatadigan innovatsion xoʻjalik yuritish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtmoqda. Xoʻjaliklar faoliyatini innovatsion tizim ta'siridagi samaradorligi innovatsiyalarning ahamiyatli chuqur anglash, ularni iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari doirasida tegishli kombinatsiyasini ta'minlashni taqozo etadi. Oʻz oʻrnida mazkur kombinatsion tizim ta'siriga ega boʻlgan jarayon innovatsion faollikka qaratilgan moliyaviy-iqtisodiy munosabatni toʻgʻri tashkil etishga yoʻnaltirilgan qator vazifalar ijrosini ta'minlash zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida IT-sektorning milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishdagi roli tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish va inson kapitali rivojlanishida asosiy omil sifatida qaraladi. Jahon IT bozoridagi zamonaviy tendensiyalar tahlil qilinib, O‘zbekiston Respublikasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, xususan, Toshkentdagi IT-Park faoliyati misolida yoritilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar tuzilishi, eksport hajmi va bandlik bo‘yicha statistik ma’lumotlar keltirilgan. Davlat qo‘llab-quvvatlashi, ta’limga investitsiyalar va IT-mutaxassislarni tayyorlash muhimligi ta’kidlangan. Yakuniy qismida IT-sektorni “bilimlar iqtisodiyoti”ni shakllantirish va global raqamli maydonga integratsiyalash uchun strategik yo‘nalishlar tavsiya etilgan. Ushbu maqola “Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida xizmatlar savdosini liberallashtirish istiqbollari va muammolarini o‘rganish, shuningdek, uning hajmini oshirish va bu maqsadga erishish mexanizmlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish” nomli ilmiy tadqiqot doirasida bajarilgan.
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri, uning strategik ahamiyati, iqtisodiy o‘sish va innovatsion rivojlanishdagi o‘rni nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, oliy ta’limni rivojlantirishdagi muammolar va qiyinchiliklar, jumladan, ta’lim sifati, moliyalashtirish masalalari, mehnat bozori bilan uzviy bog‘liqlik, ilmiy maqola salohiyatining yetarli emasligi kabi omillar tahlil qilingan. Maqolada muallif tomonidan oliy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Optimal pul-kredit siyosati haqidagi bilimlar va ko'pincha moslashuvchan inflyatsiyani targetlashda optimallashtirish qoidalari markaziy banklarga barcha tsiklik siyosat turlarini ishlab chiqish vazifalarini yuklaydi. Optimal inflyatsiya siyosatining maqsadi makroiqtisodiy barqarorlikka erishish va barqaror iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishdan iborat. Pul-kredit siyosatini monitar siyosat yuritish qoidasiga bog'liq holda miqdorini aniqlash va nazarda tutilgan optimal inflyatsiya maqsadini aniqlash uchun ekonometrik DSGE modelidan foydalanamiz. r*(qayta moliyalashtirish stavkasi) va optimal inflyatsiya maqsadi o'rtasidagi bog'liqlik pastga qarab egilgan. Optimal inflyatsiya darajasining o'sishi r* ning pasayishidan umuman kichikroq bo'lsa-da, hozirda empirik ahamiyatga ega bo'lgan joylarda bog’liqlik qiyaligi -1 ga yaqin ekanligi aniqlandi. Ushbu burchak parametri noaniqligini ta'minlash uchun yetarlidir. Narxlar darajasini belgilash kabi ularning rangbarangligi strategiyalarida optimal inflyatsiya maqsadi sezilarli darajada past va r * ga nisbatan kam tasirchanligi aniqlandi.