Maqolada iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida inson kapitalining o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Inson kapitali innovatsion jarayonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri sifatida qaralib, uning bilim, malaka, salohiyat va ijodiy yondashuv bilan bog‘liq tarkibiy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, innovatsion iqtisodiyot shakllanishida kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalar mamlakat iqtisodiy o‘sishi, raqobatbardoshligini oshirish va innovatsion faollikni kuchaytirishda hal qiluvchi omil ekanligini tasdiqlaydi.
Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalari va strategiyalarini amalga oshirish jarayonlarida inson kapitalini rivojlantirish omillarining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish. Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini rivoj topishi uchun ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlarning tahlili, dunyo sivilizatsiyalari va dunyo mamlakatlari qatori rivojlanish harakatlari. Innovatsion rivojlanish manfaatlari yo‘lida inson kapitalini shakllantirish jarayonida shaxsni ta’limga, bilim, ko‘nikma, qobiliyat, motivatsiya, kasbiy yo‘naltirishga, yangi ma’lumot egalarini tayyorlashga, ijtimoiy talabni shakllantirishga va ehtiyojlarga javob beradigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.