Islom moliya tizimida uning ajralmas bir qismi bo'lmish sukuk moliyalashtirish manbai aktivlarga asoslanganligi sababli an’anaviy qimmatli qog‘ozlar bozori qatorida o'zining raqobatbardoshligini koʻrsatib kelmoqda. Mazkur maqolada islom qimmatli qog'ozlari (sukuk)ning tarixi, rivojlanish tendensiyalari, davlatlar miqyosida uni chiqarish bo'yicha yo'l-yo'riqlar kabi bir qator masalalarga bag'ishlangan tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari ko'rib chiqilgan. Tahlillar jamlanib, maqola so'nggida bir necha qo'shimcha takliflar berilgan.
Ushbu maqola mikrokredit tashkilotlariga e'tibor qaratgan holda kreditlash bozorlarida raqobatning rivojlanishi sharoitida muqobil moliyalashtirish manbalarining mohiyati va rolini o'rganadi. Muallif mikrokredit tashkilotlarining raqobat dinamikasiga ta’siri, ularning moliyaviy xizmatlardan foydalanish yo‘lidagi to‘siqlarni kamaytirish va kichik biznes va moliyaviy resurslari cheklangan aholi uchun kredit berish shartlarini yaxshilash imkoniyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari raqobatni rag‘batlantirish va iste’molchilar va tadbirkorlarning keng doirasi uchun moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirishda mikrokredit tashkilotlarining ahamiyatini ta’kidlaydi.
Mazkur maqolada alternativ moliya tizimini an’anaviy moliya tizimiga integratsiyalash orqali dualistik moliya tizimida ishlovchi Malaziya, Indoneziya va Bangladesh kabi mamlakatlarning moliya bozori joriy holati tahlili qilinadi. Jumladan, ushbu maqolada asosiy e’tibor Malaziya, Indoneziya va Bangladeshning islomiy va an’anaviy banklarining mamlakat moliya bozoridagi ishtirokining qiyosiy tahliliga qaratilgan bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sektorini moliyalashtirish holati, investitsiyalar jalb qilish va boshqa xizmat ko‘rsatish faoliyati turlarining holati tadqiq etiladi. Ushbu tadqiqotni olib borishda asosan miqdoriy yondashuvdan foydalanilgan.
Yashil sukuk buekologik muommolarni hal qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun emissiya qilinuvchi islom qimmatli qog‘ozlaridir. Mazkur maqolada yashil sukuklar emissiyasida yetakchilardan biri hisoblanadigan Malayziyadagi joriy holat, uning kelgusi yillar uchun istiqbolli loyihalari hamda investorlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqilgan. Xulosa o‘rnida, O‘zbekistonda ham ushbu sektor doirasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tilgan.
Qisqa muddatli sukuk bu so’ndirilish muddati bir yil ichida amalga oshiriladigan islom qimmatli qog’ozi hisoblanadi. Mazkur maqolada islom qimmatli qog'ozlari (sukuk)ning qisqa muddatli turi, qisqa muddatli sukuk emissiyasining yillar kesimidagi tahlili, o’sish va kamayish tendensiyalarining sabablari kabi bir qator masalalarga bag'ishlangan holda statistik tahlil qilingan. Statistik tahlilda xalqaro islom moliya bozori (IIFM)ning sukuk to’g’risidagi yillik hisobotlaridan foydalanilgan. Tahlillar jamlanib, maqola so'nggida bir necha qo'shimcha fikrlar berilgan.