Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm xizmatlarini boshqarish tizimini modernizatsiya qilishning zaruriyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali strategik yo‘nalishlar ilmiy asosda tahlil qilindi. Tadqiqot davomida statistika, komparativ tahlil, TOWS yondashuvi, kontent tahlili kabi metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sohada institutsional nomuvofiqliklar, raqamli boshqaruvning sustligi, hududlar bo‘yicha xizmatlar sifati notekisligi, kadrlar malakasining pastligi va marketing siyosatining yetarli emasligi hali ham dolzarbdir. Shuningdek, smart-turizm, raqamli platformalar, xalqaro standartlar asosida xizmat sifati boshqaruvi va mahalliy aholi ishtirokini kengaytirish kabi yo‘nalishlar sektorni modernizatsiya qilishda hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Mazkur maqola O‘zbekistonda turizm boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha kompleks yechimlar taklif etadi va amaliy qarorlar qabul qilishda foydali ilmiy manba vazifasini bajaradi.
Maqolada ilmiy darajaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashning muhim muammosi va bu jarayonni bashorat qilish uchun statistik tahlildan foydalangan holda sohadagi imkoniyatlar ko‘rib chiqilgan. Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash jarayonlarini o‘rganish va bashorat qilish uchun statistik tahlildan foydalanish ushbu jarayonni boshqarish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, o‘quv xarajatlarini optimallashtiradi va ilmiy darajali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqroq rejalashtirishni ta’minlaydi. Ushbu tadqiqotdagi ma’lumotlardan foydalanish orqali ilmiy darajaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish va ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga erishish mumkin.