Mazkur maqolada moliyaviy derivativlar tushunchasi, ularning turlari va amaliy qoʻllanilishi tahlil qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonda derivativlar bozorining rivojlanish darajasi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha muallifning takliflari keltirilgan. Tadqiqotda derivativlarning iqtisodiyot uchun ahamiyati, risklarni boshqarishdagi roli hamda investorlar uchun yaratayotgan imkoniyatlari yoritilgan. Muallif Oʻzbekistonda moliyaviy derivativlar bozorini rivojlantirish uchun qonunchilik bazasini takomillashtirish, infratuzilmani yaratish va investorlarni jalb qilish boʻyicha muhim chora-tadbirlarni taklif etadi.
Maqolada xalqaro moliya bozoridan kapital jalb qilishda sukuklarni emissiya qilishning maqsadi, nazariy asoslari va ahamiyati yoritilgan. Sukuklarning anʼanaviy obligatsiyalardan farqli xususiyatlari, sukuk emissiya qiluvchi mamlakatlar sonining oʻzgarish dinamikasi va ularning mamlakatlar boʻyicha taqsimlanishi, sukuk sertifikatlarni muomalaga chiqarish bosqichlari hamda global qisqa muddatli sukuklar emissiyasi umumiy hajmi tahlil qilingan. Oʻzbekistonda sukuklarni joriy etish boʻyicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.
Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati 2017-yildan buyon savdoni liberallashtirish, diplomatik aloqalarni yaxshilash va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi saʼy-harakatlarI tufayli mamlakatimiz global iqtisodiyotda faol ishtirokchiga aylandi. Xususan, iqtisodiy rivojlangan Yevropa Ittifoqi va Germaniya kabi hamkorlar bilan savdo, investitsiya va ijtimoiy sohalarda sezilarli oʻsish kuzatildi. Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi bilan olib borgan tashqi iqtisodiy munosabatlar tahlili va savdo-iqtisodiy integratsiyalashuv darajasini tahlil qiladi. Oʻzbekistonning ikki davlat aloqalarni chuqurlashtirish uchun qanday imkoniyatlari borligini oʻrganadi. Yangi imkoniyat va loyihalar haqida batafsil maʼlumot beribgina qolmay, kelajakdagi erishish mumkin boʻlgan natijalarni muhokama qiladi.