Jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi bosqichida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror holda rivojlantirishga yordam beruvchi iqtisodiy siyosat xususiyatlarini ishlab chiqish va ularni real hayotga tubdan tatbiq etish kun sayin muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Iqtisodiyot tarmoq va sohalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishga ilg‘or xorijiy texnika va texnologiyalarni joriy etish ko‘p jihatdan maxsus iqtisodiy hududlar, shu jumladan kichik sanoat zonalarini tashkil qilish bilan uzviy bog‘liq. Shundan kelib chiqqan holda, tanlangan tadqiqot mavzusi bugungi kun uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Maqolada O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari va mavjud muammolar tahlil qilingan. Tadqiqotda asosiy e’tibor investitsion muhitni yaxshilash, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularni takomillashtirish yo‘nalishlariga qaratilgan. Shuningdek, yetakchi xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida O‘zbekiston uchun samarali mexanizmlar taklif etilgan.
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning dolzarbligi, mavjud imkoniyatlar, muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keng yoritilgan. Xususan, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, soddalashtirilgan soliq tizimi, investorlarga berilayotgan huquqiy kafolatlar va preferensiyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida O‘zbekistonga investitsiyalarni yanada ko‘proq jalb etish yo‘llari, xususan davlat-xususiy sheriklik (DXX) mexanizmlari, infratuzilmani rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot va yashil energetika sohalaridagi imkoniyatlar o‘rganilgan. Maqolada xorijiy investorlar uchun qulay investitsion muhit yaratish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va ishonchli huquqiy tizimni shakllantirish bo‘yicha samarali takliflar ilgari surilgan.
Maqolada O‘zbekiston respublikasining janubiy mintaqasi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tabiiy xom-ashyo resurslari-investitsiyalarni jalb qilish omili sifatida o’rganilgan, investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya imkoniyatlarini tahlil qilingan hamda tegishli xulosalar keltirilgan. Mintaqalarda tabiiy, yer, suv, mehnat resurslardan samarali foydalanilgan holda innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish, ixtisoslashgan tarmoqlarga investitsiyalarni diversifikatsiyalash va uni oʼzaro kooperatsiya aloqalari asosida muvozanatli rivojlantirish strategik rejalashtirishga moslashtirilgan yondashuvni taqozo etadi. Oʻzbekistonga xos boʻlgan nazariy asoslar, metodologik yondashuvlar va real amaliyotlarni tahlil qilib, ushbu maqola mamlakat mintaqalarida iqtisodiy oʻsishni va barqaror rivojlanishni ragʻbatlantirish uchun strategik rejalashtirishdan qanday samarali foydalanish mumkinligi haqida tushuncha beradi
Ushbu maqolada jahon iqtisodiyotining zamonaviy rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni rag'batlantiradigan, ichki mexanizmlarni shakllantirishga strategik yordam beradigan samarali investitsiya faoliyati, O’zbekiston respublikasida investitsiya jarayonining rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi asosiy salbiy tendentsiyalar mavjudligi va ularni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlar berilgan.