Maqolada auditorlik faoliyatini tashkil etishda axborot dasturiy ta’minotning ahamiyati ochib berilgan, xususan, ichki audit maqsadlari uchun tahliliy amallardan foydalanish, bunda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida mamlakatimiz to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida iqtisodiy tahlilni tashkil etish bo‘yicha takliflar berilgan.
Tijorat banklarining milliy iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro integratsiya va iqtisodiy jarayonlardagi o’rnini yanada mustahkamlash, shuningdek, banklar faoliyatining jahon talablari va standartlariga muvofiqligini tekshirish va baxolashda ichki nazorat, ya’ni audit xizmatining alohida o’rni va ahamiyati bor. Maqolada yuqoridagi masalalar ko’rib chiqilgan, ichki audit xizmatini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar berilgan.
Mazkur maqola doirasida O‘zbekiston byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni yo‘lga qo‘yish, byudjet resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va moliyaviy audit xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.O‘zbekiston Respublikasining 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyasidan kelib chiqib, ushbu ilmiy tadqiqot ishida davlat moliyasi tizimini isloh qilish, byudjet xarajatlaridan samarali foydalanish tamoyillariga rioya qilish, fiskal javobgarlik va hisobdorlikni kuchaytirish, byudjetning ochiqligini ta’minlash hamda fiskal risklarni boshqarish masalalariga katta e’tibor qaratilgan.
Ushbu maqolada mikromoliya tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishda sintetik va analitik hisobning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning o‘zaro integratsiyasi va amaliyotdagi muammoli jihatlari tahlil etilgan. “IMKON FINANS”, “Vodiy Taraqqiyot” va “Biznes Finans” mikromoliya tashkilotlari misolida sintetik va analitik hisob yuritilishining holati o‘rganilgan va ularni uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari ushbu tashkilotlarda moliyaviy hisobotlar sifatini oshirish va ichki audit jarayonlarini samarali tashkil etishda sintetik va analitik hisobning ahamiyatini tasdiqlaydi.
Ushbu ilmiy maqolada banklarning kassa operatsiyalarini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari o'rganib o'tiladi. Bundan tashqari, kassa operatsiyalarini tashkil etishning asosiy yo'nalishlari va ularning tijorat banklaridagi auditining metodologik masalalari ochib berilgan.
Ushbu maqolada davlat ulushi mavjud xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiya xatarlarini kamaytirishda korporativ boshqaruv tizimining institutsional jihatlari tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba, jumladan OECD tamoyillari, ESG indikatorlari va ilg‘or xorijiy davlatlar amaliyoti asosida kuzatuv kengashlarining mustaqilligi, ichki va tashqi audit tizimlarining samaradorligi, shaffoflik darajasi va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish mexanizmlari ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida tizimli tahlil, taqqoslovchi metod va empirik uslublar yordamida O‘zbekistonning yirik davlat ishtirokidagi kompaniyalaridagi boshqaruv amaliyotlari tahlil etilib, takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilgan.