• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING XORIJ TAJRIBASI
Sanjar Xakimov

Ushbu maqolada nodavlat notijorat tashkilotlari buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari, bunda xorij tajribasining ilg‘or yondoshuvlari va samarali tajribasi haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari mamlakat ijtimoiy hayotida nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati hamda mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni ham tahlil qilingan. Qolaversa, nodavlat notijorat tashkilotlarining buxgalteriya hisobini xalqaro standardlarga muvofiq tayyorlash va tegishli organlarga taqdim qilish amaliyoti haqida ham mulohazalar bayon qilingan, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun xarajatlar, dasturiy vazifalarni amalga oshirish bilan amalaga oshiriladigan hamda saqlash xarajatlari bo‘yicha xorijiy tajriba asosida shakllantirilgan hisobot shakllari to‘g‘risida takliflar ilgari surilgan. Yakunda, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini buxgalteriya hisobining xorij tajribasi asosida rivojlantirish istiqbollari va xulosalar keltirib o‘tilgan.

09/07/2023
  • PDF
66-72 212 97
NOBANK KREDIT TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Maʼrifatxon Yarqulova , Bibianbarjon Xoʻjayeva

Ushbu maqolada moliyaviy sohani raqamlashtirish sharoitida nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar va boshqa bank bo‘lmagan kredit tashkilotlarida buxgalteriya jarayonlarining hozirgi holati tahlil qilindi. Moliyaviy hisobotlarni tashkil etishning xalqaro yondashuvlari o‘rganilib, ushbu sektorda buxgalteriya hisobining asosiy muammolari aniqlandi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish, buxgalteriya tartib-taomillarini standartlashtirish va bankdan tashqari kredit tashkilotlarining moliyaviy hisobotlari sifatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taklif etildi.

08/29/2025
  • PDF (Russian)
150-159 76 43
MIKROMOLIYA TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISHNING SINTETIK VA ANALITIK HISOBINI TASHKIL ETISH XUSUSIYATLARI
Iskandar Gafurov

Ushbu maqolada mikromoliya tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishda sintetik va analitik hisobning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning o‘zaro integratsiyasi va amaliyotdagi muammoli jihatlari tahlil etilgan. “IMKON FINANS”, “Vodiy Taraqqiyot” va “Biznes Finans” mikromoliya tashkilotlari misolida sintetik va analitik hisob yuritilishining holati o‘rganilgan va ularni uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari ushbu tashkilotlarda moliyaviy hisobotlar sifatini oshirish va ichki audit jarayonlarini samarali tashkil etishda sintetik va analitik hisobning ahamiyatini tasdiqlaydi.

05/30/2025
  • PDF
90-94 93 56
QATAR DAVLATIDAGI ISLOM MOLIYA MUASSASALARI VA ULARDA MOLIYAVIY HISOB STANDARTLARINING QO‘LLANILISHI
Uktam Jiyanov, Laziza Qudratova

Mazkur maqolada Qatar iqtisodiyotida islom moliyasining o‘rni, Qatarda joylashgan islom moliya muassasalari, jumladan, islom banklari, islom sug‘urta kompaniyalari va ularda amal qilinuvchi moliyaviy hisob standartlari haqida so‘z boradi. Qatarda qo‘llanilgan moliyaviy hisob standartlarining qonuniy asoslari yoritiladi. Qatar qonunchiligidagi tijorat tashkilotlari va islom moliya muassasalariga nisbatan moliyaviy hisobni qo‘llash qoidalari ko‘rib chiqiladi va mamlakatda qanday qilib ikki xil moliyaviy hisob standartlaridan foydalanilganligi ochib beriladi.

11/29/2024
  • PDF
165-171 83 31
OʻZBEKISTONDA BYUDJET TASHKILOTLARI UCHUN ELEKTRON DOʻKON ORQALI DAVLAT XARIDLARINI BOSHQARISH SAMARADORLIGI VA IQTISODIY TEJASH IMKONIYATLARI
Sarvar Turabov

Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari uchun davlat xaridlarini elektron doʻkonlar orqali boshqarishning samaradorligini va iqtisodiy afzalliklarini oʻrganishga qaratilgan. Oʻzbekistonda davlat xaridlari jarayonlarini elektronlashtirishning asosiy maqsadlari – korrupsiyani kamaytirish, byudjet mablagʻlaridan tejamkor foydalanish va xarid jarayonining shaffofligini taʼminlashdir. 2021-yil 22-aprelda OʻRQ-684-sonli qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun hamda 2024-yil 10-iyuldagi PQ-249-sonli “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror orqali davlat xaridlarini elektron doʻkonlar yordamida amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratildi va iqtisodiy samaradorlikka erishish yoʻlida katta qadamlar qoʻyildi. Davlat xaridlarida elektron doʻkonlarning qoʻllanishi Oʻzbekiston iqtisodiyotida qanday oʻzgarishlarga olib kelgani haqida batafsil tahlil keltiriladi. Bu jarayonda Indoneziya, Qozogʻiston va Estoniya kabi mamlakatlarning tajribalari, shuningdek, ularning elektron xarid tizimlarining Oʻzbekistondagi davlat xaridlarida qoʻllanilishi oʻrganiladi. Ushbu tadqiqot 2022-2024-yillar davomida elektron doʻkonlar orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari natijalari asosida olib borilgan boʻlib, davlat mablagʻlaridan samarali foydalanish va tejash imkoniyatlari bilan bogʻliq muhim maʼlumotlarni ochib beradi.

10/31/2024
  • PDF
250-256 86 69
DAVLAT TIBBIYOT TASHKILOTLARIDA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Xoljigit Iskanov

Mazkur maqolada davlat tibbiyot tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobining nazariy jihatlari, ularning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati hamda raqamli infratuzilma sharoitida foydalanish mexanizmlari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari nomoddiy aktivlar, elektron tibbiy reestrlar, tibbiy axborot tizimlari, litsenziyalar, klinik protokollar, tibbiy maʼlumotlar bazalari va intellektual resurslar, tibbiyot muassasalarining xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishda asosiy omilga aylanganini koʻrsatdi. Maqolada nomoddiy aktivlarni baholashning integral indikatorli modeli (IAI) ishlab chiqilib, besh indikator: axborot tizimlari qiymati, klinik litsenziyalar, maʼlumotlar bazasi qiymati, elektron xizmatlar samaradorligi va intellektual salohiyatga asoslangan baholash metodologiyasi taklif etilgan. Tadqiqot natijalari nomoddiy aktivlarni hisobga olishda faqat moddiy moliyaviy koʻrsatkichlar bilan cheklanish amaliy jihatdan yetarli emasligini, ijtimoiy foyda va xizmat samaradorligini hisobga oluvchi kompleks yondashuv talab etilishini asosladi. Maqola natijalari davlat tibbiyot tashkilotlarida moliyalashtirish samaradorligini oshirish, hisob siyosatini takomillashtirish va raqamli iqtisodiyot sharoitida intellektual resurslarni strategik boshqarish uchun amaliy ahamiyatga ega.

11/28/2025
  • PDF
70-77 28 20
REYTING TIZIMLAR TAHLILI VA OʻZIGA XOS JIHATLARI HAMDA SOHA ISTIQBOLIDA QOʻLLASH IMKONIYATLARI
Sherzod Azizov , Abdisamad Mamarajabov

Maqolada Respublikamizda turli yoʻnalishlarda joriy etilgan reyting tizimlari tahlil qilingan. Shuningdek, reyting tizimlarining oʻziga xos xususiyatlari aniqlanib, tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyati bojxona reytingini aniqlashda xususiyatlarni aks ettirish keltirilgan. Reyting tizimini joriy etishda inobatga olinishi lozim boʻlgan tamoyillarga ham toʻxtalib oʻtilgan boʻlib, muhim tamoyillar sanab oʻtilgan. Bundan tashqari, reyting ballarini hisoblashda raqamli texnologiyalarni qoʻllash va boshqa tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilish muhimligiga eʼtibor qaratilgan hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

04/30/2025
  • PDF
40-48 57 27
DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISHNING ISTIQBOLLI XORIJIY TAJRIBASI
Lola Hazratqulova , Shohruh Naimov

Maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat moliyasining ahamiyatiga e’tibor qaratiladi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar hukumati tomonidan iqtisodiyotning hozirgi bosqichida davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati aks ettiriladi, xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan byudjet ko‘rsatkichlarining ochiqligi sohasidagi reyting natijalari tahlil qilinadi. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, davlat moliyasini boshqarishning istiqbolli xorijiy tajribasi sifatida natijalarga yo‘naltirilgan byudjetni faol joriy etish, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini baholash modelini ishlab chiqish, fiskal qoidalarni shakllantirish, byudjetni rejalashtirishni takomillashtirish, byudjet shaffofligini oshirish va boshqalar keltirib o‘tilgan.

01/31/2025
  • PDF (Russian)
457-465 66 28
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AUDIT TIZIMINI JAHON TAJRIBASI ASOSIDA TASHKIL ETISH MASALALARI
Umurzoq Chorshanbayev , Zarinabonu Suvonqulova

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining audit tizimini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish masalalari keng ko‘lamda o‘rganilgan. Tadqiqotda audit faoliyatini tartibga solishning xalqaro amaliyoti, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya tajribasi tahlil qilingan. Xalqaro audit standartlarini joriy etish, auditorlarning malakasini oshirish va audit sifatini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada O‘zbekiston audit tizimining mavjud holati, yutuq va kamchiliklari tahlil qilinib, uni xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘nalishlari belgilangan. Audit faoliyatini tartibga solishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va sifat nazoratini kuchaytirish orqali milliy audit tizimining raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha xulosalar shakllantirilgan.

01/31/2025
  • PDF
45-49 109 54
MARKAZIY OSIYODAGI AYRIM MAMLAKATLARDA ISLOMIY BANK TIZIMI QONUNCHILIK ASOSINI YARATISHNING OʻZIGA XOS JIHATLARI
Botirxoʻja Joʻrayev

Ushbu maqolada jahon moliya bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlib borayotgan va barqaror oʻsish surʼatlarini namoyon etgan islomiy banklar uchun qonunchilik asosini yaratishning ayrim mamlakatlardagi tajribasi oʻziga xos jihatlari koʻrib chiqilgan. Davlat tuzilishi Oʻzbekistonga yaqin boʻlgan, demokratik tizimni iroda qilgan Tojikiston hamda Qozogʻiston singari qoʻshni davlatlar hamda bu boradagi jahon tajribasiga doir ilmiy mulohazalar bayon etilgan. Islomiy bank qonunchilik asosini yaratishga kirishgan mamlakat eʼtibor berishi lozim boʻlgan ayrim nuqtalar yoritib berilgan. Yetakchi mamlakatlarda qonunchilikka kiritilgan bu boradagi oʻzgarishlar qanday samara berayotgani tadqiq etilgan

07/31/2024
  • PDF
66-73 96 40
TURIZMDA SAMARADORLIKNI OSHIRISHDA VILOYATLARARO BOG‘LIQLIKNING AHAMIYATLILIGI
Mahliyo Umarova, Maftuna O‘rinova

Ushbu maqolada turizm sohasi rivojlanishida viloyatlararo o‘zaro bog‘liqlik hamda viloyatlararo tenglik darajasi o‘rganib chiqilgan. Buning uchun menmonxona sanoati o‘rganilib, mehmonxonalarning viloyatlararo taqsimlanganlik darajasi ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari sayyohlik agentliklari va tashkilotlari o‘rganib chiqilib, ularning ham viloyatlararo taqsimlanganlik darajasi ham ko‘rildi. Shu bilan bir qatorda, yuqorida ta’kidlangan turizmning asosiy segmentlariga talabni yaratish uchun avvalambor mavjud resurslarga e’tibor berish va yangi zamonaviy resurslarni yaratish dolzarb mavzu sifatida ko‘rildi. Resurslarni son va sifat jihatdan oshirish uchun esa har bir viloyatning salohiyatidan kelib chiqgan holda bir qator takliflar berib o‘tildi.

05/31/2024
  • PDF
320-325 61 53
IT-TASHKILOTLARNING INNOVATSION FAOLIYATINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI ANIQ KEYS MISOLIDA ISHLAB CHIQISH
Nargiza Musadjanova

Ushbu maqolada IT-tashkilotlarida innovatsion faoliyatni boshqarish
mexanizmlarini takomillashtirishga bag'ishlangan, tadqiqotlar xulosalari sifatida aniq keys
keltirilgan. Maqolada yangi texnologiyalar va boshqaruv amaliyotlarini integratsiyalashda
tashkilotlar duch keladishi mumkin bo'lgan muammolar taxlil etilgan va strategik rejalashtirish, ishni
modullashtirish, tashqi resurslardan foydalanish, hamkorlik va hujjatlarni ishlab chiqish kabi
kompleks yondashuvning muhimligini ko'rsatib o'tilgan. Muallif tomonidan innovatsiyalarni
boshqarishni optimallashtirish bo'yicha tavsiyalar berilgan, muvaffaqiyatli innovatsiyalar uchun
tashkilotda madaniy o'zgarishlar zarurligini ta'kidlangan

02/29/2024
  • PDF (Russian)
494-500 93 71
1 - 12 from 12

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer