Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda byudjet, sug‘urta va bank mexanizmlarini integratsiyalash orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektori misolida davlat byudjeti subsidiyalari, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi va tijorat banklari kreditlashining o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladigan sinergetik samarani baholashdir. Metodologik asos sifatida ilmiy-adabiy manbalar tahlili, korrelatsion va regressiya tahlili, sug‘urta hisoblash modeli, kredit xavfi tahlili hamda fermer xo‘jaliklari kapitalizatsiya indeksini baholash usullaridan foydalanildi. IMF, FAO, Jahon banki, OECD va boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekistonning rasmiy statistik ma’lumotlari asosida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Tadqiqot natijalari davlat agrar xarajatlari ulushi oshishi qishloq xo‘jaligi o‘sishining o‘zgaruvchanligini kamaytirishini, sug‘urta qamrovi kengayishi agrar kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashini, sug‘urtalangan kreditlarda defolt ehtimoli sezilarli darajada pasayishini ko‘rsatdi. Fermer xo‘jaliklari kapitalizatsiya indeksining pastligi O‘zbekistonda agrar kapital ta’minotini kuchaytirish zarurligini tasdiqlaydi. Mualliflar byudjet, sug‘urta va bank mexanizmlarini kompleks integratsiyalash agrar sektor moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishi ekanini asoslaydi va agrar siyosat uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi.
Mаqоlаmizdа xаlqаrо mоliyаviy tаshkilоtlаrning аhаmiyаti vа ulаrning iqtisоdiyоtni rivоjlаntirishdаgi о’rni, hаmdа О’zbеkistоnning bugungi kundаgi xаlqаrо mоliyа tаshkilоtlаri bilаn mоliyаviy munоsаbаtlаri tаhlili vа ulаr о’rtаsidаgi hаmkоrlikni kеngаytirish istiqbоllаri hаqidа sо’z yuritilаdi. Xalqaro Valyuta Jamg’armasi (XVJ) va Jahon banki misolida hamkorlikning asosiy yo’nalishlari tahlil qilinadi.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng xalqaro moliya institutlar bilan faol aloqalarni yo’lga qo’ydi. Jumladan, qishloq xo’jaligi, transport, sog’liqni saqalash, ta’lim, infrotuzilma, energetika, qurilish sohalarida bir qancha yirik loyihalarni amalga oshirdi. So’ngi yillarda iqtisodiyotni liberallashtirish va investitsion jozibadorlikni oshirish borasidagi islohotlar hamkorlikni yanada kengayishiga sabab bo’ldi. Maqolada o’zbekistonning bu tashkilotlar bilan uzoq muddatli strategiyalar orqali barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, inklyuziv iqtisodiyot, kambag’allikni qisqartirish, bandlikni taminlash va zamonaviy infrotuzilmani yaratishga qaratilgan istiqbolli loyihalari yoritilgan. Ushbu hamkorlik natijasida mamlakatimizning global iqtisodiyotga integratsiyasini kuchayishi ko’zda tutilgan.
Hozirgi vaqtda valyuta tizimi muayyan mamlakatlarda valyuta munosabatlarini tashkil etishning turli shakllari majmuidir. Asosiy elementlar - milliy valyuta, valyutani tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan milliy organlar, milliy valyuta kursi rejimi, milliy valyutaning konvertatsiyasini tartibga solish, muayyan mamlakatning oltin va valyuta bozorlari rejimi. Zamonaviy pul tizimi hech qanday qat’iy ishlash qoidalariga bo‘ysunmaydi.