Aholining qarishi ijtimoiy rivojlanishning muhim tendentsiyasidir. Hozirgi vaqtda Xitoy tarixdagi eng katta qarish jarayonida bo'lib, G'arb mamlakatlarining jadal evolyutsiyada qarish tezligiga yetib boradi yoki hatto undan oshib ketadi, murakkab ichki va tashqi muhit ostida ko'plab bosim va qiyinchiliklar mavjud. Xitoy qarishni oldini olish bo'yicha bir qator yangi nazariyalar, yangi g'oyalar va yangi strategiyalarni ilgari surdi, boy ma'noga ega, to'liq tizim va qat'iy mantiqqa ega nazariy tizimni shakllantirdi, bu Xitoy hukumatining aholining qarishi bilan shug'ullanish amaliyotini boshqaradi. Ushbu maqola tegishli nazariy asoslarni chuqur tahlil qiladi, Xitoyda qarishning hozirgi holati, xususiyatlari va sabablarini tahlil qiladi va dunyoning qolgan qismiga qarish bilan shug'ullanish uchun qimmatli tajribani taqdim etish uchun Xitoyning 2010 yildan beri qarishga innovatsion munosabati amaliyotini umumlashtiradi.
Ushbu maqolada muallif tomonidan erkaklar va ayollarning yoshga doir pensiyaga chiqishida tenglik prinsipini ta’minlash masalasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot amalga oshirildi. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, xorijiy mamlakatlarning tajribalari, jamoatchilik fikri va ekspert so‘rovlari asosida erkaklar va ayollar uchun pensiya yoshini tenglashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fuqarolarning fikrini aniqlash, shuningdek, O‘zbekiston taraqqiyotining zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida, fuqarolarning fikriga ko‘ra, pensiyaga chiqish uchun eng maqbul bo‘lgan yosh senzini belgilash tahlil asosida baholab chiqildi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish istiqbollari ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. 2025-yil 9-dekabrdagi “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1101-sonli Qonun asosida 2026-yildan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va keyinchalik ishsizlik nafaqasi kabi ijtimoiy xatarlarni qoplash mexanizmlari joriy etilmoqda. Maqolada mavjud pensiya tizimining cheklovlari, yangi tizimning iqtisodiy-sotsial samaradorligi, demografik bosim va moliyaviy barqarorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Empirik tahlil uchun Davlat statistika agentligi, Jahon banki va Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlari asosida jadvallar va grafiklar keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy sug‘urta tizimi rasmiy bandlikni rag‘batlantirish, kambag‘allik xavfini kamaytirish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi, ammo informal sektor va demografik qarish kabi qiyinchiliklarni bartaraf etish zarur.
Mazkur maqolada pensiya ta’minoti va majburiy pensiya sug‘urtasining zamonaviy davlatlarning ijtimoiy himoya tizimidagi o‘rni hamda ularning barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda Germaniya, Italiya va AQSh pensiya tizimlari misolida majburiy, korporativ va xususiy pensiya ta’minoti darajalari, ularning moliyalashtirish manbalari, ishtirokchilar doirasi hamda funksional xususiyatlari qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, davlatning pensiya tizimidagi tartibga soluvchi roli, avlodlar birdamligi tamoyili, jamg‘arib boriladigan pensiya mexanizmlarining ahamiyati va aholi qarish jarayonining pensiya tizimiga ta’siri ko‘rsatib berildi. Maqolada pensiya yoshi, minimal sug‘urta staji, badallar miqdori kabi mezonlar bo‘yicha ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi solishtirildi. O‘zbekiston pensiya tizimining hozirgi holati, demografik o‘zgarishlar sharoitida uning moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar, majburiy pensiya sug‘urtasini takomillashtirish zarurati va islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari asoslab berildi. Xulosa qismida xalqaro tajribani milliy sharoitga moslashtirgan holda pensiyaning jamg‘ariladigan qismini rivojlantirish, aktuariy baholashni kuchaytirish, majburiy va ixtiyoriy pensiya mexanizmlarining uyg‘unlashuvi pensiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.