Mazkur maqolada energetika sohasida raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning zamonaviy tendensiyalari, xususan, Smart Grid va Digital Twin texnologiyalarining imkoniyatlari, ularning ishlab chiqarish, taqsimot, iste’mol va boshqaruv tizimlariga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiyaning bosqichlari, funksional yo‘nalishlari, shuningdek, Germaniya, AQSh, Xitoy va Yaponiya kabi davlatlarning ilg‘or raqamli energetika modellari solishtiriladi. O‘zbekiston energetika tizimida SCADA, AMR, ERP kabi tizimlarning joriy etilishi bo‘yicha amaliy tajribalar o‘rganilib, milliy energetikani raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari va strategik takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston sharoitida raqamli energetika ekotizimini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslarini yoritadi.
Yoqilg‘i-energetika kompleksi (YEK) global iqtisodiy barqarorlik va o‘sishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada YEK korxonalarining innovatsion salohiyatini oshirish uchun maqsadli strategiyalar orqali konsepsiya ko‘rib chiqiladi va mavjud tendentsiyalar hamda natijalarni aks ettiruvchi statistik ma’lumotlar bilan qo‘llab-quvvatlanadi.