Ушбу мақолада кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик ўрнини таҳлил қилишда мавжуд бўлган муаммолар ва потенциал имкониятлар аниқланган. Шу билан бирга кичик бизнес субъектларини экспорт салоҳиятини иқтисодиёт тармоқлари кесимида, экспорт ва инновация жараёнларини ўзаро мувофиқ холда йўлга қўйиш асосида кенгайтириш ва такомиллаштириш йўллари таклиф қилинган.
Mazkur maqolada mamlakatimizning JSTga a’zolik maqomi, undan koʻzlangan maqsadlar bayon qilinadi. Tashkilotga a’zolikdan soʻng yurtimizga keladigan yutuq va kamchiliklar chuqur tahlil qilinadi. Muhokama chogʻida tadqiqotning Oʻzbekistonda mazkur sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘lamini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ham koʻrib chiqiladi.
2021-2024-yillarda davlat tomonidan eksportchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 330 mlrd. soʻmdan 560 mlrd. soʻmgacha moliyaviy mablagʻlar ajratilgan. Eksport salohiyatini oshirish maqsadida moliyaviy yordam koʻrsatish natijasida 14 mlrd. AQSH dollariga teng mahalliy mahsulotlar xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning eksport salohiyatiga taʼsiri baholangan va ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligi tahlil qilingan.
Maqolada Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish jarayonida Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan bogʻliq hamkorlikning rivojlantirish tizimi doirasidagi kordinatsion munosabatlar va uni rivojlantirish mexanizmlarining tashkiliy asosini muvofiqlashtirish yoʻllari tadqiq etilgan. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida keng koʻlamli savdo-iqtisodiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida mavjud muammolarning ta'siri tahlil qilingan. Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish tizimi va uni muvofiqlashtirish yoʻnalishlariga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada Qozog'iston tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat chora-tadbirlarini har tomonlama tahlil qilish asosida kichik va o'rta tadbirkorlik sub'ektlarining (KO'T) hozirgi holati, ularning o'sishi va rivojlanishini cheklaydigan asosiy to'siqlar ko'rib chiqilgan. Kreditlash, soliqqa tortish va axborot resurslaridan foydalanish muammolariga alohida e'tibor qaratilgan. Mualliflar tomonidan Qozog'iston hukumati tomonidan milliy dasturlar va tashabbuslar orqali amalga oshirilgan samarali strategiyalarni o'rganilgan va ularning samaradorligini mavjud empirik ma'lumotlar asosida baholangan. Shuningdek, eng muvaffaqiyatli rag'batlantirish mexanizmlarini aniqlash uchun xalqaro tajriba tahlili ham o'tkazilgan. Tadqiqot ishida institutsional muhitni yaxshilash va KO'Bni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini qo'llab-quvvatlashning kompleks tizimini ishlab chiqish bo'yicha aniq tavsiyalar berilgan. Korxonalarning innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va eksport salohiyatini oshirishning ahamiyati muhokama qilingan. Hulosa qismi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun davlat darajasida strategik rejalashtirishga bag'ishlangan.
Ushbu maqolada agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli, Respublikada meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda erishilayotgan yutuqlar, meva-sabzavot mahsulotlari eksportining tarkibi, meva-sabzavot mahsulotlarini import qiluvchi davlatlar tahlil natijalari yoritilgan.