Мақолада рақамли логистика тенденцияларини шакллантиришнинг ҳозирги долзарб мавзуси муҳокама қилинади. Рақамли иқтисодиётда логистика ва таъминот занжирини бошқариш, истеъмолчилар, товарлар ва хизматлар ишлаб чиқарувчилари ўртасидаги муносабатларни бирлаштириш ва мувофиқлаштиришга асосланган драйвер бўлиб ҳисобланади. Ҳужжатда рақамли ахборот технологияларидан фойдаланган ҳолда жараёнларнинг охиригача интеграцияси барча логистика бизнес жараёнларини тезлаштириш ва янги технологик моделларни башорат қилиш имконини беради. Ушбу параметрлар ёки элементлар тез, арзон, ишончли ва барқарор логистикани таъминлайдиган асосий технологияларни ўз ичига олади.
Ushbu maqolada distribyusiya korxonalarida marketing strategiyalarini amalga oshirish samaradorligini oshirishda raqamli transformatsiyaning o‘rni va uning asosiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Erkin bozor sharoitida an’anaviy marketing usullarining samaradorligi tobora pasayib bormoqda. Shu sababli CRM tizimlari, marketingni avtomatlashtirish, katta ma’lumotlar (Big Data) tahlili, omnikanal kommunikatsiyalar va raqamli logistika kabi zamonaviy texnologiyalar bozorni yaxshiroq anglash, savdo aksiyalarini optimallashtirish hamda chakana savdo hamkorlari bilan shaxsiylashtirilgan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Raqamli ma’lumotlardan samarali foydalanayotgan distribyutorlar raqamli yechimlarni joriy etmagan raqobatchilarga nisbatan daromad o‘sishi, marketing kampaniyalarining rentabelligi va mijozlar qoniqish darajasi bo‘yicha yuqori natijalarni namoyon etmoqda. Raqamli vositalarga, kadrlar salohiyatini rivojlantirishga va hamkorlik platformalariga sarmoya kiritish distribyusiya amaliyotlarini zamonaviylashtirish, marketing faoliyati samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan bozorlarda korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish marketing strategiyalarini yanada tizimli va natijador qilish imkonini yaratadi.
Ushbu maqolada Ozbekistonda raqamli logistikani rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari togrisida fikr yuritiladi. Raqamli logistikaning rivojlanishi ham davlatga, ham aholiga va eng muhimi kompaniyalarga qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratadi. Hozirgi kunda har bir tarmoqdagi korxonalar raqamli texnologiyalarni o'zlashtirmoqdalar va o'zlarining modellarini yangi raqamli transformatsiya tendentsiyalari asosida qayta shakllantirmoqdalar. Kompaniyalar yangi jarayonlarni taklif qilishda davom etishyapti yoki mavjudlarini o'zgartiryapti. Bundan tashqari, Yangi kompaniyalar madaniyatini yaratish, hatto iste'molchilarning o'zgaruvchan ehtiyojlari va bozor, mijozlar talablarini qondirish uchun mijozlar yangi tajribalarini joriy etishyapti. Xususan, Logistika va transport sohasidagi raqamli o'zgarish tarmoq kompaniyalariga yangi texnologiyalarning afzalliklaridan foydalanishga va doimiy ravishda kengayib borayotgan bozorda raqobatbardosh bo'lishga yordam beradi. raqamli logistikani rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari organilib ilmiy-uslubiy va amaliy taklif va ва tavsiyalar keltirilgan.
Мақолада электрон тижоратнинг иқтисодий муҳити, турлари ва ривожланиш босқичлари, шунингдек, рақамли муҳитда истеъмолчилар хулқ-атворининг ўзига хос хусусиятлари атрофлича таҳлил қилинган. Электрон тижорат нафақат товар ва хизматларни онлайн сотиш жараёни, балки маркетплейслар, тўлов тизимлари, логистика ва сунъий интеллектга асосланган тавсия механизмларини ўз ичига олган мураккаб экотизим сифатида кўриб чиқилган. Мақолада истеъмолчи хулқ-атворини ўрганишда фанлараро ёндашув – иқтисодиёт, психология, социология ва маркетинг назариялари ўзаро боғлиқлиги асослаб берилган. Шу билан бирга, рақамли платформаларда ишонч, шахсийлаштириш, ижтимоий далиллар ва ташқи омиллар (масалан, пандемия) истеъмол қарорларига қандай таъсир кўрсатиши ёритилган. Хорижий ва маҳаллий тадқиқотлар таҳлили орқали глобал ва минтақавий хусусиятлар, хусусан, Ўзбекистондаги электрон тижоратнинг истиқболли йўналишлари аниқланган. Тадқиқот натижалари рақамли бозорда истеъмолчилар хатти-ҳаракатига таъсир қилувчи омилларни чуқур англаш ва самарали маркетинг стратегияларини ишлаб чиқиш учун назарий ва амалий асос бўлиб хизмат қилади.
Ushbu maqolada raqamli logistik tizimlarda uchraydigan asosiy xavfsizlik muammolari va ularni bartaraf etish usullari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning logistikaga keng joriy etilishi natijasida axborot xavfsizligi, tizimga noqonuniy kirishlar, ma’lumotlarning maxfiyligi va uzluksizligi kabi masalalar dolzarb bo‘lib bormoqda. Tadqiqotda mavjud tahdidlar, ularning oqibatlari va zamonaviy himoya texnologiyalari, jumladan, kriptografik usullar, kirishni boshqarish tizimlari, xavfsizlik devorlari (Firewall), SIEM tizimlari va boshqa ilg‘or yechimlar yoritilgan. Shu orqali logistikada raqamli infratuzilmaning barqarorligi va ishonchliligi ta’minlanishi mumkinligi ko‘rsatib beriladi.