Saidahror Gulyamov , Akram Ochilov , Azizjon Rashidov
Maqolada 2024-yilda qabul qilingan “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonun (№ O‘RQ-970) hamda Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64 va 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarorlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt (SI) kreativ iqtisodiyot rivojida muhim omil sifatida namoyon bo‘lib, ijodiy mahsulot yaratish imkoniyatlarini kengaytiradi va shu bilan birga an’anaviy kasblar oldiga yangi talab va vazifalarni qo‘yadi. Tadqiqotda SI texnologiyalarining san’at, musiqa, kino, adabiyot va media sohalariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Generativ neyron tarmoqlar, mashinaviy o‘qitish va tabiiy tilni qayta ishlash vositalarining ijodiy jarayon samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritiladi. O‘zbekiston misolida SI ko‘nikmalariga ega kreativ mutaxassislarni tayyorlashning strategik zarurati asoslab beriladi. Shuningdek, mualliflik huquqi, intellektual mulk himoyasi va frilans mehnat bozoridagi o‘zgarishlar masalalari tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada innovatsiyalarni iqtisodiyotda qoʻllashning xorij va oʻzbek olimlari talqinlari tahlil qilingan. Innovatsion iqtisodiyot xususiyatlari, davlatlar milliy iqtisodiyotining innovatsionlik darajasini aniqlash koʻrsatkichlari, innovatsiyalar, iqtisodiy oʻsish va bandlik oʻrtasida yuqori darajadagi izchil bogʻlanish yoritilgan. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi bilan bogʻliq ish bilan bandlikning innovatsion shakllari kengayishi jumladan, Ye-bandlikning rivojlanishi, virtual ish joylari, frilansing kabi bandlik turlari haqida maʼlumotlar berilgan. Anʼanaviy va virtual ish joylarining xususiyatlari aniqlanib, qiyosiy tahlil qilingan.
Ushbu maqolada O‘zbеkistonda yosh kadrlarni ish bilan ta’minlash masalasi tahlil qilinadi. Yoshlarning bandligi iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biri bo‘lib, bu jarayonda yuzaga kеlayotgan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari yoritilgan. Ta'lim tizimi va mеhnat bozorining o‘zaro moslashmaganligi natijasida yoshlar uchun malakaga mos ish o‘rinlarini topish qiyinchilik tug‘dirmoqda. 2023-yil davomida korxonalar, profеssiona ta’lim muassasalari va qishloq xo‘jaligi sohalariga jalb еtish orqali уoshlarning bandligini oshirish rеjalashtirilgan. Raqamli iqtisоdiyot, frilansеrlik va masоfadan ishlash kabi yо‘nalishlarda imkоniyatlarni kеngaуtirish yоshlarning mеhnat bоzоriga intеgratsiуasini уaxshilashga xizmat qiladi.
Мақолада норасмий бандликни легаллаштириш ва бизнесни “соя”дан чиқаришда ўзини ўз банд қилишнинг ўрни, яратилган шароит ва имкониятлар, бу борада чет эл тажрибаси ва мамлакатимизда амалга оширилаётган тадбирлар ёритилган. Шунингдек, ўзини ўзи банд қилишни солиқлар воситасида тартибга солишни янада такомиллаштириш масалалари бўйича таклифлар келтириб ўтилган.