Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan moliyaviy nazorat innovatsiyalarni qo‘llashning asosiy sohasiga aylandi. Ushbu maqolada qarorlar qabul qilishni optimallashtirish va takomillashtirishda sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili va blokcheyn kabi raqamli innovatsiyalardan foydalanishning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Jarayonlarni avtomatlashtirish, tahliliy imkoniyatlarni takomillashtirish, shuningdek, elektron to‘lovlar va moliyaviy texnologiyalarning moliyaviy boshqaruv samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Moliyaviy nazorat sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq muammolar baholanib, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borish va innovatsiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llash bo‘yicha takliflar keltirilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlarini tayyorlash va tahlil qilish jarayonlari tahlil qilinadi. Moliyaviy hisobotlarning shaffofligi va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalari, jumladan, MHXS (IFRS) talablarini qo‘llash orqali investitsion jozibadorlikni oshirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, milliy va xalqaro hisobot standartlarining o‘zaro qiyosiy tahlili hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni moliyaviy tahlilda qo‘llash afzalliklari yoritib berilgan. Korporativ sektorda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va uning kelajakdagi rivojlanishi uchun tahlillar asosida tavsiyalar berilgan.
Ушбу мақолада ишлаб чиқариш корхоналарида жорий активлардан самарали фойдаланиш ҳамда активлар ҳиссасига тўғри келадиган фойдани ошириш масалалари кўриб чиқилган. Айланма активларнинг мажбуриятлар ҳажмига нисбатан ўсиб бориши ишлаб чиқариш жараёнини тезлиги, маҳсулотларни етказиб бериш узлуксизлиги ва корхона самарадорлигини ошиб боришини таъминлайди.
Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, davlat moliyasini boshqarish doimiy rivojlanib bormoqda, byudjet muassasalarining tashkiliy-huquqiy shakllari o'zgarmoqda, hamda ularni moliyalashtirish tartibi, tijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash ham rivojlanib borayapti. Bular esa o'z navbatida davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish masalasi dolzarbligini oshirayotganligini guvohi bo’lishimiz mumkin. Ushbu maqolada davlat moliyasi sohasini isloh qilish, budjet mablagʻlarining samarali va oqilona sarflanishini ta’minlash maqsadida davlat moliyaviy nazorati tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati tahlili keltirilgan.
Ushbu maqolada, vinochilik sanoati korxonalarida moliyaviy natijalar hisobi, moliyaviy natijalarni tartibga solish va unda foydani oshirish, vinochilik sanoati korxonalarida moliyaviy natijalar hisobining mazmun-mohiyati, nazariy asoslari, hamda vinochilik sanoati korxonalarida foydani oshirish imkoniyatlari haqida so’z yuritilgan.
Ушбу илмий мақолада тижорат банклари мулкчилик шаклига кўра ресурслари базасини таҳлил қилинган. Тижорат банкларини иккига бўлган ҳолда, яъни давлат улуши мавжуд банклар ва давлат улуши мавжуд бўлмаган банкларга бўлиб ўрганилди. Таҳлил натижаларига кўра, давлат улуши мавжуд банкларда мажубриятлар ўсиши депозитлар ўсишидан тезроқ бўлган. Ушбу ҳолат давлат тижорат банкларига хукумат арзон ресурслар билан таъминлаб турганлигидан далолат беради. Аксинча, давлат улуши мавжуд бўлмаган тижорат банкларида депозитлар ўсиши умумий мажбуриятлар ўсишидан юқори бўлган. Биринчидан, аҳолининг банк тизимига ишончи ошиб бораётган бўлса, иккинчидан банк тизимида давлат улуши мавжуд тижорат банкларига қараганда давлат улуши мавжуд бўлмаган тижорат банкларига ишонч кўпроқ ошган.
Ушбу мақолада бюджет ташкилотларида молиявий натижа тўғрисидаги ҳисоботларни тузиш ва тақдим этиш амалиёти, унинг ўзига хос жиҳатлари ва долзарб муаммолари тадқиқ этилган. Тадқиқот жараёнида молиявий ҳисоботларнинг назарий-услубий асослари, халқаро тажриба ва миллий амалиёт таҳлил қилинган. Мавжуд муаммоларни ҳал этиш йўллари ва истиқболли йўналишлар асослаб берилган. Тадқиқот натижалари бюджет ташкилотларида ҳисобот тизимини такомиллаштириш ва давлат маблағларидан фойдаланиш самарадорлигини оширишга хизмат қилади.
Ushbu maqola zamonaviy sharoitlarda davlat moliyaviy nazorati mexanizmlarining samaradorligini baholash muammosini o'rganilgan. Nazorat mexanizmlari samaradorligini o'lchashning turli yondashuvlari tahlil qilingan, shuningdek, moliyaviy nazorat sohasida optimal natijalarga erishishga ta'sir qiluvchi omillar aniqlangan. Xulosa qismida, davlat moliyaviy nazorati samaradorligini doimiy monitoring qilish va tahlil qilish muhimligi asoslangan.
Ушбу мақолада акциядорлик жамиятларини корпоратив қимматли қоғозлар орқали молиялаштиришнинг афзалликлари ва таҳлили ҳамда ривожлантириш истиқболларини такомиллаштириш ҳақида cўз боради. Шунингдек, Ўзбекистон Республикасидага акциядорлик жамиятларини корпоратив қимматли қоғозлар орқали молиялаштиришни ривожлантириш истиқболларидаги мавжуд муаммолар ҳамда уларни бартараф этиш бўйича муаллиф ёндашувлари ва таклифлари келтирилган.
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishida salmoqli hissasiga ega bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlanadi. Uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda faoliyatning iqtisodiy holatini tahlil etish, o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlarini belgilash va buning yordamida tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda zaruriy ko‘rsatkichlar va faoliyatning iqtisodiy xavf darajasini baholash ilmiy tahlil etilgan.
Ушбу мақолада мамлакатимизда фаолият олиб бораётган корхонaлaрнинг молиявий нaтижaлaрини тaвcифловчи кўрcaткичлaр ҳолaтини тaҳлил қилишгa эътибор қaрaтилган. Молиявий натижалар хўжалик юритувчи субъектнинг фойда ёки зарар шаклида ифодаланган кўрсаткичларни таҳлил қилиш асосида аниқлаш мумкинлиги тавсифланган.
Мақолада солиқ хизмати органлари томонидан ўтказиладиган камерал солиқ текширувларининг услубий асосларини такомиллаштириш ва уларни самарадорлигини баҳолаш йўллари бўйича тадқиқотлар олиб борилган бўлиб, тадқиқот доирасида хулоса ва таклифлар шакллантирилган.
Ushbu maqolada Murobaha operatsiyalarini moliyaviy hisobotlarida aks ettirish qonun-qoidalari ko‘rib chiqiladi va tahlil qilinadi, Murobaha operatsiyalarini amalga oshirish bosqichlari va uni amalga oshirish uchun qo‘yilgan shartlar keltiriladi. Murobaha operatsiyalarining ikkiyoqlama yozuv asosida tan olish jarayonlari tahlil qilinadi va misollar yordamida yoritiladi. Shuningdek, Murobaha operatsiyalarining barqaror iqtisodiy rivojlanishdagi roli ochib beriladi.
Мақолада иқтисодий барқарорликни таъминлаш масалалари ҳамда иқтисодчи олимлар томонидан ушбу кўрсаткични аниқлаш бўйича ишлаб чиқилган ёндашувлар ўрганилган. Шунингдек, тадқиқ этилган маълумотлар асосида саноат корхоналарида иқтисодий барқарорликни баҳолаш тизими таклиф этилган
Maqolada korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash strategiyasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib u bo‘yicha chora-tadbirlar va boshqaruv tizimiga korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash strategiyasini joriy etish taklif etiladi.