Mazkur maqolada O‘zbekiston moliya bozorining hozirgi holati va uning rivojlanishida yuzaga kelayotgan asosiy institutsional muammolar tahlil qilindi. Xususan, investor ishonchining pastligi, kapital qiymatining nisbatan yuqoriligi, korporativ boshqaruv sifati va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalarining yetishmasligi kabi omillar ilmiy jihatdan ko‘rib chiqildi. Ushbu muammolarni bartaraf etishda ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillarini moliya tizimiga integratsiya qilishning iqtisodiy asoslari va mexanizmlari yoritiladi. Xalqaro empirik tadqiqotlar natijalari asosida ESG omillarining risklarni kamaytirish, axborot shaffofligini oshirish hamda kapitalga kirish imkoniyatlarini yaxshilashga ta’siri umumlashtirildi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida ESG tamoyillarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari va institutsional mexanizmlari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Mazkur maqola islom moliyasining nisbatan yangi instrumenti hisoblangan 2001-2022 yillardagi oʻzgarishlar dinamikasini aks ettirishga bagʻishlangan. Unda sukukning turli tasniflariga koʻra turlari boʻyicha tahlillar amalga oshirilgan. Oʻtgan davr mobaynidagi oʻzgarishlar sabablarini oʻrgangan holda sharhlar berilgan. Sukukning shakllangan trendlari boʻyicha xulosalar keltirilgan. Ayrim mamlakatlarning mazkur sohaga oid ustuvor yoʻnalishlarga ham toʻxtalib oʻtilgan.