Ushbu maqolada mahalla institutlarining bandlikni ta’minlashdagi amaliy roli, mavjud tashkiliy va institutsional mexanizmlarning samaradorligi hamda ularni takomillashtirish zarurati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mahalla kesimida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari mahalla faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari orasida bandlik masalasining yetarli darajada markazlashmaganini va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tashabbuslarning tizimlashtirilmaganligini ko‘rsatdi. Tadqiqot doirasida mahalla institutlarining diagnostika, kasbga tayyorlash, o‘z-o‘zini band qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilish va monitoring kabi funksiyalarni integratsiyalashgan tizim sifatida shakllantirish bo‘yicha institutsional-tashkiliy mexanizm ishlab chiqildi. Taklif etilgan mexanizm mahalla boshqaruvining bandlikni ta’minlashdagi salohiyatini kuchaytirishga, uy xo‘jaligi bizneslarini rivojlantirishga hamda hududiy mehnat bozorini jonlantirishga xizmat qiladi.
Maqola soliq organlari faoliyatining baholanish tartiblari, baholashning asosiy maqsadlari, bu borada ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar, ularning qarashlari, soliq organlari faoliyati samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlar ularning mazmun-mohiyati, xorijiy mamlakatlarda va O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari faoliyatining samaradorligi va ularning bugungi kundagi holati haqida tushuncha beradi.
Мазкур мақола ўзини-ўзи иш билан банд қилишнинг назарий ва амалий жиҳатларини ўрганишга бағишланган бўлиб, унда ўзини ўзи иш билан банд қилиш тушунчасининг ҳориж ҳамда маҳаллий олимлар томонидан тадқиқ қилиниши, ўзига хос хусусиятлари ўрганилган. Ўзини ўзи иш билан таъминлашнинг ёшлар ишсизлигини камайтиришдаги ўрни ва аҳамияти очиб берилиб, ёш ва ҳудудий хусусиятлари таҳлил этилган. Шунингдек, республикада ушбу соҳани ривожлантириш бўйича олиб борилаётган ишлар ва яратилаётган имкониятлар ҳақида тўхталиб ўтилган.
Ushbu maqolaning maqsadi kichik biznesning Qoraqalpoǵıston milliy iqtisodiyotidagi rolini aniqlashdir. Ushbu maqsadni hal qilish uchun 2015-2022 yillar uchun statistik ma'lumotlardan foydalanildi. maqolada rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlari uchun kichik biznesning roli ko'rsatilgan, bandlik, makroiqtisodiy ko'rsatkichlardagi kichik biznesning tuzilishi, byudjet va byudjetdan tashqari jamg'armalarni to'ldirishda kichik biznesning hissasi kabi xususiyatlar bo'yicha qiyosiy tahlil o'tkazildi. Qoraqalpoǵıstonda kichik tadbirkorlik bo'yicha statistik ma'lumotlarni taqqoslash muammolari ko'rsatilgan. Maqolaning o'ziga xos xususiyati o'z-o'zini ish bilan ta'minlashni Qoraqalpoǵıstondagi kichik biznesning tarkibiy elementi sifatida ko'rib chiqishdir
Мақолада норасмий бандликни легаллаштириш ва бизнесни “соя”дан чиқаришда ўзини ўз банд қилишнинг ўрни, яратилган шароит ва имкониятлар, бу борада чет эл тажрибаси ва мамлакатимизда амалга оширилаётган тадбирлар ёритилган. Шунингдек, ўзини ўзи банд қилишни солиқлар воситасида тартибга солишни янада такомиллаштириш масалалари бўйича таклифлар келтириб ўтилган.