Ушбу мақолада электрон тижоратнинг иқтисодий ривожланишга таъсири ривожланган, ўсаётган бозорлар ва ривожланаётган мамлакатлар тоифаларида ўрганилади. Таҳлил иқтисодий кўрсаткичлар, электрон тижоратни қабул қилиш даражалари ва ўсиш метрикаларидан фойдаланиб, ушбу мамлакатларнинг электрон тижоратни иқтисодий тараққиёт учун қандай фойдаланишини баҳолайди. Натижалар шуни кўрсатадики, ривожланган мамлакатлар илғор электрон тижорат инфратузилмалари билан таъминланган бўлса-да, ўсаётган бозорлар тезда ривожланмоқда, ривожланаётган мамлакатлар эса муаммоларга дуч келишса ҳам, ўсиш учун катта имкониятларга эга.
Ushbu ilmiy maqolada rivojlanayotgan davlatlarda ayollarning innovatsion bank xizmatlarining ommalashishidagi o‘rni tahlil qilingan. Tahlilda rivojlanayotgan davlatlar sifatida O‘zbekistan, Turkiya, Malaysia, Saudiya Arabistoni davlatlari olingan. Tahlil 2014-2021 yillardagi statistik maʼlumotlar asosida olib borilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, mamlakatimizda ayollar o‘rtasida innovatsion bank xizmatlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi hamda qolgan davlatlardan farqli ravishda raqamli bank xizmatlaridan ayollarimiz keng foydalanmayapti.
Ushbu tadqiqot 2000-yildan 2020-yilgacha 20 ta rivojlanayotgan bozorda savdo ochiqligi iqtisodiy rivojlanishga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. U mamlakatlarni savdo siyosati, ochiqlik darajasi va iqtisodiy o‘sish natijalari asosida taqqoslaydi. Tadqiqot mintaqaviy farqlarni ko‘rsatib o‘tadi va bunda Osiyo iqtisodiyoti Afrika va Lotin Amerikasidagi bozorlarga qaraganda yaxshiroq natijalarni ko‘rsatganligini keltirib o‘tadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, savdo ochiqligi har bir mamlakat ehtiyojlariga moslashtirilgan kuchli institutlar va siyosatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, rivojlanishga samarali turtki berishi mumkin.
Ushbu maqolada global miqyosda faoliyat olib borayotgan va xalqaro bozorning rivojlanishida muhim rol o’ynayotgan Jahon Savdo Tashkilotining vujudga kelish tendensiyasi va uning mamlakatlarni xalqaro savdodagi faoliyatini jadallashtirishga ta’siri tadqiq qilingan. Zero, bugungi kunda bu tuzilmada 164 ta a’zodan iborat ishtirokchilar faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ular jahon savdosining 95%dan ortiq qismini amalga oshirmoqda. Shu bois bunday tizimning shakllanish va rivojlanish tendensiyasi muntazam ravishda tadqiq qilinishi va erishilayotgan natijalar hamda kelib chiqayotgan muammolar ko‘rsatilib, tahliliy xulosalar qilib borilishi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Innovatsiyalar uzoq muddatda raqobatbardosh bo‘lish va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun asosiy omil bo‘la oladi. Innovatsiyalarni boshqarish siyosati rivojlangan, rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda o‘ziga xos tarzda amalga oshirilishi mumkin. Turli geografik hududlarda, ayniqsa farmatsevtika sanoatining innovatsion sektorlarida hali qiyosiy tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Maqolaning asosiy maqsadi Shvetsariya va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida innovatsiyalarni boshqarish jarayonini qanday amalga oshirilayotganini aniqlashdir. Mazkur ilmiy maqolada muallif tomonidan shakllantirilgan statistik ko‘rsatkichlarning tahlili o‘z ifodasini topgan.