Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining 20 yil davr oralig‘idagi vafot etganlar mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlari dinamikasi ko‘rib chiqilgan, ushbu ko‘rsatkichlarning shahar va qishloqlardagi holati taqqoslangan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman shaharlar kesimida o‘lim koeffitsienti o‘zaro solishtirish orqali tahlil qilinib, xalqaro mezonlar asosida tuman shaharlar ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilgan va vafot etganlarning o‘lim sabablari tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida go‘daklar o‘limi dinamikasi ko‘rib chiqilib, yillar kesimida hamda 1 yoshgacha vafot etganlarning o‘lim sabablari bo‘yicha tahlillar amalga oshirilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasida tug’ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko’rsatkichi so’nggi yillardagi tendentsiyasi yillar kesimida o’zaro taqqoslanib tahlil qilingan va barcha tahlillar asosida xulosa va takliflar keltrilgan.
Ushbu maqolada muallif tomonidan erkaklar va ayollarning yoshga doir pensiyaga chiqishida tenglik prinsipini ta’minlash masalasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot amalga oshirildi. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, xorijiy mamlakatlarning tajribalari, jamoatchilik fikri va ekspert so‘rovlari asosida erkaklar va ayollar uchun pensiya yoshini tenglashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fuqarolarning fikrini aniqlash, shuningdek, O‘zbekiston taraqqiyotining zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida, fuqarolarning fikriga ko‘ra, pensiyaga chiqish uchun eng maqbul bo‘lgan yosh senzini belgilash tahlil asosida baholab chiqildi.