Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish istiqbollari ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. 2025-yil 9-dekabrdagi “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1101-sonli Qonun asosida 2026-yildan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va keyinchalik ishsizlik nafaqasi kabi ijtimoiy xatarlarni qoplash mexanizmlari joriy etilmoqda. Maqolada mavjud pensiya tizimining cheklovlari, yangi tizimning iqtisodiy-sotsial samaradorligi, demografik bosim va moliyaviy barqarorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Empirik tahlil uchun Davlat statistika agentligi, Jahon banki va Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlari asosida jadvallar va grafiklar keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy sug‘urta tizimi rasmiy bandlikni rag‘batlantirish, kambag‘allik xavfini kamaytirish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi, ammo informal sektor va demografik qarish kabi qiyinchiliklarni bartaraf etish zarur.
Tadqiqot xotin-qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish va O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishidagi gender tengligining roliga bag‘ishlangan. Ayollarning inson kapitalini samarali amalga oshirish nafaqat ta’limda tenglikni, balki ish bilan ta’minlash, bolalarni parvarish qilish infratuzilmasini o‘z ichiga olgan institutsional yordamni ham talab qilishi ko‘rsatilgan. Gender adolati ham ijtimoiy siyosatning maqsadi, ham iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish vositasi bo‘lishi kerak.
Ushbu maqolada aholi turmush darajasi va dinamikasini statistik oʻrganilgan. Mamlakatimizda aholi turmush darajasini baxolovchi asosiy yoʻnalishlarni belgilash va uning hududlarida aholi pul daromadlari, ularni hosil boʻlish manbaalari statistik tahlil qilingan