Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикасида давлат фуқаролик хизматига кадрларни танлаб олишнинг ташкилий-ҳуқуқий асослари ва мазкур соҳада амалга оширилаётган ислоҳотлар тизимли равишда таҳлил қилинган. Шунингдек, расмий статистик маълумотлар асосида давлат фуқаролик хизматига қабул жараёнлари динамикаси кўрсатиб берилган. Мақолада давлат фуқаролик хизматини самарали ташкил этиш, кадрларни танлаб олишнинг замонавий механизмларини жорий этиш ҳамда соҳа самарадорлигини ошириш бўйича қатор таклиф ва тавсиялар илгари сурилган.
Pedagogika oliygohi bitiruvchisi, nafaqat fuqarolarni bilimli qilib tayyorlash va mamlakat inson kapitalini shakllantirish, shu bilan birga mavjud pedagogik qadriyatlarini asrab-avaylash, rivojlantirish va keyingi avlodga uzatishda ham muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Mazkur maqolada O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash siyosati va unda xorijiy davlatlar tajribalaridan foydalanish istiqbollari yoritilgan.
Mazkur tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston moliya bozoridagi zaruriy infratuzilma va imkoniyatlardan kelib chiqib, mavjud alternativ moliya elementlarini hisobga olgan holda mamlakatda alternativ moliya ekotizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish modelini ishlab chiqishga qaratilgan. Ushbu maqsadga erishishda sifat yondashuvidan keng foydalanilgan. Natijada, mamlakatda alternativ moliya ekotizimini rivojlantirishda institutsional asoslarni ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash siyosati va islom moliyasi bo‘yicha xabardorlikni oshirish, islom kapital bozori instrumentlarini tatbiq etish, rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yo‘nalish va amalga oshirish bosqichlari ishlab chiqilgan.