Maqolada innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va unda aholini ish bilan bandligining ta’minlanishi bo‘yicha xorij tajribasi o‘rganilgan. Innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratishda oliy ta’limning rolidan kelib chiqib bandlikni ta’minlash yo‘nalishlarini taqqoslashda ta’lim tizimi sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, samarali bandlikni ta’minlash, bandlikning yangi shakl va turlaridan foydalanish kabilar bo’yicha qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda ITTKIda yuqori malakali ishchilarning bandligi, innovatsiya infratuzilmasining mavjudligi, xususiy sektorning ushbu sohani moliyalashtirishda yuqori ulushga ega ekanligi, kichik va o‘rta biznesning innovatsion faolligi asosida RDIE modelidan foydalangan holda innovatsion faoliyatda ish bilan bandlikka ko‘maklashishga yo‘naltirilgan masalalarga ilmiy-amaliy yondashuvlar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada mahalla institutlarining bandlikni ta’minlashdagi amaliy roli, mavjud tashkiliy va institutsional mexanizmlarning samaradorligi hamda ularni takomillashtirish zarurati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mahalla kesimida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari mahalla faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari orasida bandlik masalasining yetarli darajada markazlashmaganini va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tashabbuslarning tizimlashtirilmaganligini ko‘rsatdi. Tadqiqot doirasida mahalla institutlarining diagnostika, kasbga tayyorlash, o‘z-o‘zini band qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilish va monitoring kabi funksiyalarni integratsiyalashgan tizim sifatida shakllantirish bo‘yicha institutsional-tashkiliy mexanizm ishlab chiqildi. Taklif etilgan mexanizm mahalla boshqaruvining bandlikni ta’minlashdagi salohiyatini kuchaytirishga, uy xo‘jaligi bizneslarini rivojlantirishga hamda hududiy mehnat bozorini jonlantirishga xizmat qiladi.
Mazkur maqolada turizmning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ko‘rsatadigan ta’siri nazariy va empirik tadqiqotlar asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda turizmni iqtisodiy o‘sishning muhim drayveri sifatida baholab, uning yalpi ichki mahsulot o‘sishi, bandlikni kengaytirish, xorijiy valyuta tushumlari, infratuzilma rivoji hamda hududiy iqtisodiy faollikka ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Metodologik jihatdan maqolada adabiyotlar sharhi, qiyosiy tahlil va empirik natijalarni umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari turizmning iqtisodiy samaradorligi mamlakatlarning institutsional muhiti, infratuzilma rivojlanganlik darajasi va boshqaruv sifatiga bevosita bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, turizmning multiplikativ ta’siri orqali iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham qo‘shimcha o‘sish va bandlik yaratilishi asoslab beriladi. Olingan xulosalar turizm siyosatini ilmiy asosda shakllantirish hamda sohani barqaror rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni kasbga yo‘naltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xotin-qizlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini yaxshilash gender tengsizligiga barham berishda muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada xotin-qizlar bandligini ta’minlashda kasbiy tayyorgarlik tizimi masalalariga e’tibor qaratilgan
Bugungi kunda investitsiyalar har bitta mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda iqtisodiyotning eng kerakli bo’g’ini hisoblanadi. Mamlakatda milliy va xorijiy investitsiyalar iqtisodiyotni keskin sur’atlar bilan o’sish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish, aholi turmush tarzini yaxshilash, daromadlarini oshirish va aholini bandlik bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Maqolada investitsiyalarning mohiyati, ularni mamlakatga jalb qilish omillari, shuningdek hududlarda investitsiya jozibadorligini oshirishga qaratilgan fikr va mulohazalar berilgan. Shu o’rinda bugungi globallashuv davrida har bitta dunyo mamlakatlari o’zining iqtisodiy holatini oshirish, yangi ishlab chiqarish hududlarini shakllantirish, bo’sh ish o’rinlarini yaratish, mamlakatning tabiiy qazilma boyliklaridan unumli foydalanish va ularni qayta ishlashda investitsiyal muhim ahamiyat kasb etadi. Har bitta davlatning iqtisodiy rivojlanishining eng katta omili bu-investitsiyadir.
Kambag’allik darajasi har qanday mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning muhim ko'rsatkichidir. Ko'pgina boshqa mamlakatlar kabi O'zbekiston uchun ham kambag’allik muammosi dolzarbligicha qolmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi kambag’allik darajasi, uning dinamikasi, asosiy sabablari va mamlakatda kambag’allik kamaytirish bo‘yicha takliflar tahlil qilinadi. Hozirgi vaqtda kambag‘allikni qisqartirishni inson kapitali sifatini oshirish bilan birgalikda o‘rganish nafaqat jahon miqyosida, balki O‘zbekiston iqtisodiyoti oldidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ushbu tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasida aholining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi statistik tahlil asosida oʻrganildi. Mamlakatda ijtimoiy himoya siyosati aholining turmush darajasini yaxshilash, bandlikni oshirish va kambagʻallikni kamaytirishga qaratilgan boʻlib, uning samaradorligini baholashda rasmiy statistik maʼlumotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Moliya vazirligi, BMT va Jahon banki tomonidan taqdim etilgan ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda deskriptiv va dinamik tahlil metodlari qoʻllanildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning maqsadi hududlarda aholi turmush darajasi va sifatini oshirishdan iborat. Mazkur maqola O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda raqamli texnologiyalarni samarali ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Ushbu tadqiqotni amalga oshirish uchun “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi (2024) qabul qilindi. Tahlil natijalari raqamli texnologiyalar kambag‘allikni qisqartirishda ijobiy ta’sir etishini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida raqamli texnologiyalarni kambag‘allikni qisqartirishga ta’sirini oshirish modeli taklif etildi. Shuningdek, maqolada inson resurslarini rivojlantirish, mehnat bozorini isloh qilish, bandlikning zamonaviy shakllaridan foydalanish, xalqaro standartlar asosida munosib mehnat standartlarini keng joriy etish orqali kambag‘allikni qisqartirishda davlat xizmatlari sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi
Ushbu maqolada Qoraqalpog'iston, O'zbekiston mintaqasidagi mehmonxona ob'ektlarining kam bandligi muammosi ko'rib chiqiladi. Tadqiqot ushbu muammoni hal qilishning turli strategiyalari va yondashuvlarini, jumladan marketing tashabbuslari, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va hamkorlikni mustahkamlashni ko'rib chiqadi. Muallif mintaqada turizmni rivojlantirishga hissa qo'shishi mumkin bo'lgan mehmonxonalar bandligini oshirishga kompleks yondashuvni taklif etadi.
Bozor iqtisodiyoti erkin tadbirkorlikka, sohibkorlikka asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham xususiy sektorda tadbirkorlik faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiyotda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga hamda shu orqali iqtisodiyot tarmoqlarini yanada daromadligini oshirish, aholini ish bilan bandligini yaxshilash, farovonligini yuksaltirishga erishishdir. Bunday ustuvor natijalarga erishishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xususiy sektorda tadbirkorlikning rivojlanishiga hamda shu asosda, iqtisodiy o‘sishga va milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgandir.