Ushbu maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligi va tashkiliy mexanizmlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va samaradorligini oshirishda ilg‘or boshqaruv yondashuvlari - tejamkor ishlab chiqarish, o‘z vaqtida ishlab chiqarish va olti sigma tizimi muhim rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarish jarayonlarining iqtisodiy jihatlari (resurslardan foydalanish, tannarx, energiya va suv sarfi) va tashkiliy jihatlari (bo‘limlararo muvofiqlashtirish, sifat nazorati, xodimlar malakasi) o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning kompleks boshqaruvi korxonaning raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, maqolada tarmoqdagi modernizatsiya jarayonlari, eksport ko‘rsatkichlari va ishchi kuchi samaradorligi ham tahlil qilindi.
Ushbu maqolada raqamli logistik tizimlarda uchraydigan asosiy xavfsizlik muammolari va ularni bartaraf etish usullari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning logistikaga keng joriy etilishi natijasida axborot xavfsizligi, tizimga noqonuniy kirishlar, ma’lumotlarning maxfiyligi va uzluksizligi kabi masalalar dolzarb bo‘lib bormoqda. Tadqiqotda mavjud tahdidlar, ularning oqibatlari va zamonaviy himoya texnologiyalari, jumladan, kriptografik usullar, kirishni boshqarish tizimlari, xavfsizlik devorlari (Firewall), SIEM tizimlari va boshqa ilg‘or yechimlar yoritilgan. Shu orqali logistikada raqamli infratuzilmaning barqarorligi va ishonchliligi ta’minlanishi mumkinligi ko‘rsatib beriladi.
Mazkur maqolada soliq tizimida soliq risklarini baholash va boshqarishning uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, soliq to‘lovchilarning faoliyatini risk-orientirlangan yondashuv asosida tahlil qilish masalalari yoritilgan. Maqola doirasida soliq risklarini aniqlash mezonlari va ularni miqdoriy baholash modellari ko‘rib chiqilgan hamda O‘zbekiston soliq tizimida risklarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish korxonalarini soliqqa tortishning ilmiy-nazariy masalalari, alohida yondashuvlar asosida xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash hamda ularga qulay soliq rejimini joriy etish” bugungi kundagi dolzarb masalalar sifatida belgilab olinganki, bu esa xizmat ko‘rsatish korxonalariga qulay soliq rejimlarini qo‘llash va uning natijadorligiga erishishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bilan birgalikda tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga chiqarish, aholining soliq ma’murchiligi bo‘yicha savodxonligini yanada oshirish, tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash, teng raqobat sharoitini yaratish va iste’molchilarning huquqlarini kafolatlash hamda yashirin iqtisodiyotni jilovlashda keng jamoatchilikning faol ishtirokini rag‘batlantirishga asoslangan ma’murchilikni takomillashtirish yoritilgan. Shu bilan birga, sohalar o‘rganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.