Mazkur maqolada oliy ta’lim tashkilotlarida moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi masalalari o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining 2-sonli BHS talablari asosida
to‘lov-kontrakt tushumlari, talabalar bilan hisob-kitoblar, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari hamda majburiyatlar hisobining amaldagi tartibi tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida oliy ta’lim muassasalarida bank komission to‘lovlari bilan bog‘liq moliyaviy yo‘qotishlar, billing va UzASBO tizimlaridagi ma’lumotlar nomuvofiqligi kabi amaliy muammolar aniqlangan. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida bank komissiyalarini qoplash mexanizmini takomillashtirish, yagona to‘lov platformasini yaratish, axborot tizimlarini integratsiyalash hamda ichki nazorat va audit tizimini kuchaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.