Mazkur maqolada milliy buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish yoʻnalishlari kompleks tarzda tadqiq etilgan. Xususan, IFRS, CAS va AAOIFI standartlarining nazariy asoslari, qoʻllanilish xususiyatlari va ularning milliy hisob tizimiga taʼsiri qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro standartlarni joriy etishga oid ilmiy qarashlar iqtisodiy, institutsional va geoiqtisodiy yondashuvlar nuqtayi nazaridan tizimlashtirilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston buxgalteriya tizimining hozirgi holati xalqaro modellar bilan solishtirilib, uning gibrid xususiyatga egaligi asoslab berilgan. Maqolada xalqaro standartlarga oʻtish jarayonini bir yoʻnalishli islohot sifatida emas, balki iqtisodiy, strategik va ijtimoiy omillarni qamrab olgan kompleks transformatsiya sifatida baholash zarurligi ilmiy jihatdan asoslangan. Shu asosda milliy hisob tizimini takomillashtirish boʻyicha konseptual yondashuvlar, jumladan, asosiy savdo hamkorlariga moslashish, mintaqaviy integratsiya va islom moliyasi tamoyillarini hisobga olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqola telekommunikatsiya kompaniyalarida foyda solig‘i auditining o‘ziga xos xususiyatlari haqida bo‘lib, unda telekommunikatsiya kompaniyalarida audit o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari, billing tizimining afzalliklari, shuningdek amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar bayon qilingan.